G‘arb Rossiya xavfsizlik kafolatlarini rad etdi: endi nima bo‘ladi?

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishSovet Rossiya - NATO v Brussele
Sovet Rossiya - NATO v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning G‘arb bilan xavfsizlik kafolatiga bag‘ishlangan muzokaralarining birinchi raundi nihoyasiga yetdi: Jenevada Rossiya-Amerika uchrashuvlari, Brusselda esa NATO bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Bugun Vena shahrida YeXHT formatida yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tadi, biroq u shunchaki rasmiy xarakterga ega. Xo‘sh, qanday natijalar haqida gapirish mumkin?
Hech kim Rossiyaning misli ko‘rilmagan darajada qattiq shaklda tuzilgan takliflari Qo‘shma Shtatlar tomonidan qabul qilinishini kutmagan edi, chunki ulardan eng muhimi - NATOning sharqqa (birinchi navbatda, Ukraina haqida so‘z borgan edi) kengayishidan voz kechish talabi- aslida Moskvaga alyansning kengayishiga veto qo‘yish huquqini berishni nazarda tutadi.
Garchi xohlasa ham, Vashington bunga rozi bo‘la olmasdi. Bu nafaqat Kiyev hukumatining butunlay tushkunligiga, balki alyansning yevropalik a’zolari o‘rtasida qo‘zg‘olonga olib keladi.
Rossiya – NATO kengashi: o‘zaro yon berish yoki urush sari yo‘l?
Ular Ukrainani ittifoqqa qo‘shishni orzu qilganlari yoki hech bo‘lmaganda uning atlantizatsiyasi boshlanishi - asosiy qit’a derjavalari bunga mutlaqo muhtoj emasligi uchun emas, balki AQShning Moskva bilan til biriktirishi ittifoqchilar fikrini butunlay mensimaslik sifatida baholanishi uchun.
“Biz bilan hisoblashishmaydi, bu yerda esa Tramp ham Oq uyga qaytishi mumkin, keyin esa Amerika bizni umuman taqdir hukmiga tashlab qo‘yadi”- bu kabi kayfiyat va tuyg‘ular o‘zini mustaqil deb da’vo qiladigan, ammo o‘zini-o‘zi ta’minlay olmaydigan Yevropa poytaxtlarida shundoq ham allaqachondan buyon kezib yuribdi.
Shu sababli ham asosiy masala bo‘yicha muzokaralar natijasi oldindan aniq edi: davlat kotibi o‘rinbosari Sherman ham, bosh kotib Stoltenberg ham Rossiya vakillari bilan uchrashuvlardan so‘ng, ruslar Ukrainani NATOga qabul qilmaslik haqida hech qanday va’dani kutmasligi kerakligini tasdiqladilar.
“Barcha a’zolar ittifoqning asosiy prinsipi bo‘yicha birlashgan: har bir davlat o‘z yo‘lini tanlashda erkin. Kiyev qachon alyansga a’zo bo‘lishga tayyorligini faqat Ukraina va NATOning 30 ta a’zosi hal qilishi mumkin... Bularning barchasi “siz shunchaki meni yonimda bo‘lganingiz uchun xohlaganingizni qila olmaysiz” kabi ta’sir doiralarini qayta tiklashga urinishdir ... Bu juda xavfli yo‘l”.
Stoltenberg NATOning agressivligi haqidagi ayblovlarni rad etib, alyansning kengayishi xavfli emasligini, chunki demokratiya shu tarzda tarqalayotganini aytdi. Ammo Yevropada harbiy mojaro xavfi bor va u Gruziya, Ukraina va Moldovada qurolli kuchlari bo‘lgan Rossiyadan keladi.
Axir ularni u yerga hech kim chaqirmagan - Bosh kotib ham Rossiyani bu davlatlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi.
Ya’ni, ular aytishiga ko‘ra, biz NATOni tajovuzkorlikda ayblamoqdamiz, lekin ular aslida demokratiya olib kelmoqda. Biz, ruslar esa ularga demokratiyani Sharq tomon uzoqroq olib borishiga to‘sqinlik qilyapmiz.
Shu bilan birga, tomonlar muzokaralarni davom ettirishga kelishib olishdi. Axir cheksiz muhokama qilish mumkin bo‘lgan qurollarni joylashtirish va ularni tekshirish kabi muhokama qilish mumkin bo‘lgan mavzular juda ko‘p.
Biz uchun eng muhim bo‘lgan bo‘lgan masala “kengaymaslik kafolati” haqidagi savolga qat’iy “yo‘q” javobi olinganidan so‘ng boshqa masalalarni muhokama qilishdan ma’no unchalik ko‘p emas.
Xo‘sh, xotirjam o‘ylab ko‘rsak, o‘zi ushbu kafolatlar bizga nima uchun kerak bo‘lib qoldi? Nega o‘zi Moskva bu ishni shoshilinch boshlab yubordi? “Bizga kafolatlar kerak, shoshilinch ravishda”. Garchi javob sirtda bo‘lsa ham odamlar bu savol ustida bosh qotirmoqdalar.
Bir oy oldin Vladimir Putin bu savolni shtatlarni biror narsadan voz kechishga undagani uchun emas, balki global dunyo tartibini qayta qurishda yangi bob ochish vaqti kelgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ygan edi.
G‘arb Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqidagi vasvasasini hadeb takrorlayverdi va yil oxiriga kelib, bunga o‘zini ishontirdi.
Aslida esa, hech kim Kiyevni NATOga qabul qilmoqchi emas edi (ya’ni, aniq muddatlarni belgilash) bunday qilib Moskvani yaqqol qo‘zg‘atib yuborish hali ham juda xavfli, atlantika strateglari ham buni tushunishadi. Ammo Ukraina ustidan nazoratni ham cheksiz ushlab turishning iloji yo‘qligini ham anglashadi. Bu esa Rossiyaga bosim o‘tkazish, mamlakatimizni ushlab turish uchun undan foydalanish tobora qiyinlashayotganini anglatadi.
“Iblisona” rejalar: AQSh va NATO qardosh xalqlar orasida urush chiqarmoqchi
Ukrainani juda qimmatli boylik va uni yo‘qotish muqarrarligi haqidagi fikrlarga chidash ham juda og‘ir. Demak, buni imkon qadar orqaga surish, Kremlni esa G‘arb Ukrainadan osonlikcha voz kechmasligiga ishontirishga harakat qilish kerak. Qanday ishontirish mumkin? Vaziyatni “Rus bosqini tahdidi” va “buning uchun dahshatli narx to‘lanishi” atrofida aylantirib imkon qadar ulushlarni yuqoriga ko‘tarish bilan.
Shu yerda Putin tashabbusni o‘z qo‘liga oldi: u G‘arbning Sharq tomon yurishiga Rossiyaning boshqa toqati qolmaganini e’lon qilib, qarshi yurish qildi. Bu buni kutishni istamaymiz, aslida bizni status-kvo qoniqtirmaydi - biz Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq noaniqlikni o‘zimiz uchun foydasiz deb hisoblaymiz va bunga toqat qilmaymiz.
Putinning G‘arbga Kiyevdan chekinish taklifi – boshidanoq qabul qilib bo‘lmaydigan edi, biroq bu yangi voqelik, yangi o‘yin qoidalari paydo bo‘lganini ko‘rsatar edi. Endi Rossiyadan Ukrainaga hujum qilmaslikni talab qiladiyotgan G‘arb emas, balki Moskva o‘z qoidalariga ko‘ra G‘arbga o‘yin tugaganini e’lon qilardi.
Ya’ni, siz bizning manfaatlarimizga shunchalar mensimay qarab, yana NATO yordamida demokratiyani targ‘ib qilish haqida gapirapsizmi? Shundoq tarixiy Rossiya hududida-ya? Demak, yana xudojo‘y nasroniylarning sxizmatiklarga qarshi salb yurishi - ming yil o‘tsa ham hech narsa o‘zgarmas ekanda.
Unaqada bizning javobimizga hayron bo‘lmang, xavfsizligimizni ta’minlash uchun biz hamma narsani qilamiz.
Yo‘q, biz ertaga Kiyevga hujum qilmaymiz (bu barcha rusofoblarning orzusi – asli ruslar, katta ruslar va kichik ruslar o‘rtasida fuqarolik urushini uyushtirish), ammo cheklash siyosatiga postsovet hududida va butun dunyoda simmetrik va assimetrik qarama-qarshilik javobi beriladi turadi.
Xulosa qilib aytganda, biz so‘nggi yillarda (eski atlantik tuzilmaning o‘rniga) yangi dunyo tartibini barpo etish ustida ishladik. Endi bo‘lsa, G‘arb Putinning takliflarini rasman rad etganidan so‘ng, biz buni boshqa geosiyosiy voqelikda, yangi dunyo tartibi koordinatalar tizimida amalga oshiramiz.
Va nafaqat biz, balki G‘arb ham o‘zining Rossiya bilan munosabatlarini yangi qoidalar asosida qurishga majbur bo‘ladi. Va nafaqat Rossiya bilan: bir haftadan so‘ng Eron yangi prezidenti Moskvaga uchib keladi, uch haftadan so‘ng Vladimir Putin Pekinga jo‘nab ketadi. Olimpiada ochilishi - va xavfsizlik arxitekturasini qurishining yangi bosqichi boshlanishiga. Faqat Rossiya emas, global xavfsizlik arxitekturasining.
Yangiliklar lentasi
0