Rossiyada “jihod” g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumon qilingan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

© Pexels/Ron LachRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna bo‘lish
Surxondaryolik erkak jangarilar safiga qo‘shilish uchun Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida DXX va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida ushlangan.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. “Tavhid va jihod katibasi”* terrorchilik guruhi tarafdori bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Surxondaryolik J.X. (1987 yilda tug‘ilgan) 2016-2021 yillarda mehnat migranti sifatida Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi”* guruhi a’zolari bilan muloqotga kirishgan. Keyin ularning ta’siriga tushib qolgan.
Natijada u ekstremistik oqimlar va terrorchilik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining “jihod”ga chorlovchi materiallarini o‘zining yaqin tanishlari orasida targ‘ib qila boshlagan.
Farg‘onada ID* g‘oyalarini targ‘ib qilgan yosh yigitga qarshi jinoiy ish ochildi
J.X. jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida DXX va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida ushlangan.
Erkak O‘zbekistonga olib kelingan. Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
* O‘zbekiston, Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan
Yangiliklar lentasi
0