“Omikron” O‘zbekistonda: mamlakat pandemiyaga qarshi qanday kurashmoqda

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishLechenie patsiyentov s Covid-19 v bolnitse
Lechenie patsiyentov s Covid-19 v bolnitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘pga kelgan to‘y deganlariday mana qariyb ikki yildirki O‘zbekiston ham koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashmoqda.
Bu davr mobaynida mamlakatda ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarni davolash uchun Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2 ta maxsus tibbiyot majmuasi qurib topshirildi. U yerda faoliyat olib borayotgan shifokorlar pandemiya davrida qanday tajriba orttirishdi, dunyoni xavotirga solayotgan kovidning omikron shtammiga ular qanchalik tayyor?
Shu va boshqa savollarga javob olish uchun Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘lib, u yerda faoliyat olib borayotgan shifokor – majmuaning 3-bo‘limi boshlig‘i Barno Musayeva bilan suhbatlashdik.
Tezkor qurilish: Zangiotada virusologiya shifoxonasi qanday qurilmoqda
Barno Musayeva – mutaxassisligi bo‘yicha pediatr. Pandemiyaga qadar u Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bolalar qabul bo‘limida ishlagan.
© Iz lichnogo arxiva Barno MusayevoyPediatr Barno Musayeva
Pediatr Barno Musayeva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Pediatr Barno Musayeva
“Hech ham esimdan chiqmaydi, 2020-yilning avgust oyi boshlarida to‘satdan “Zangiota-2” shifoxonasiga keltirilgan bolalarda koronavirus aniqlanibdi. Shoshilinch pediatr kerak, degan xabarni oldik”, - deydi shifokor koronavirusga qarshi kurashish uchun bel bog‘lagan ilk paytlarini yodga olib.
Ulardan kasallikni yuqtirgan bolalarni u yerga borib davolash talab qilingan va bu vazifa Musayevaning zimmasiga yuklatilgan.
“Uyga kelib zudlik bilan narsalarimni yig‘ishtirdim. Oila a’zolarim qo‘rquv va vahimada bo‘lishlariga qaramasdan, borishimga qarshilik qilishmadi. Bu ham bir front kabi, unda har bir kishi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifani so‘zsiz bajarishi shart”, - deydi Musayeva.

Yangi kasallikka qarshi ayovsiz kurashdik

Mutaxassisligi pediatr bo‘lishiga qaramay, Barno Musayeva “Zangiota-2” yuqumli kasalliklar shifoxonasida ish boshlab, aynan koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bo‘yicha dars oldi.
“Kasallik yangi, uning belgilari yangi. U bilan qanday kurashish kerak, qaysi dori yaxshi samara beradi, bemorning ertangi holati nima bo‘ladi, bilmay qolasiz, - deydi u. – Boz ustiga bu kasallik hammada har xil kechadi. Bir odamning organizmiga yaxshi ta’sir qilgan dori boshqa bir kishi organizmiga foyda bermasligi mumkin. Shu sababli boshida biz shifokorlar noaniq xususiyatlarga ega kasallik bilan kurashdik”.
Lekin shunisi aniqki, pediatriya sohasidagi bilimlari Musayevaga bolalarni davolashda as qotgan. 6 yoshli qizchani ota-onasiz shifoxonada olib qolib davolagan kunlari bo‘lgan.
“U bilan 10 kun davomida birga yashadim. Uni davolab, onasining bag‘riga qaytardik. Qizaloqni olib ketishga kelgan ota-onasining ko‘zidagi quvonch hech esimdan chiqmaydi”, - deydi mutaxassis.
Yoshlar orasida koronavirusga chalinish ikki baravar ko‘paydi - shifokor

Qo‘rquv – eng katta dushman

Pandemiya davridagi bir yarim yillik faoliyati davomida Barno Musayeva yuzlab bemorlarni ko‘rgan. Ular bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni davolash bo‘yicha katta tajriba orttirdi.
Shifokorning ta’kidlashicha, qattiq qo‘rquv bilan kelgan bemorlarning bu kasallikni yengishlari qiyin kechgan. Koronavirusning shunday jihatlari bor ekanki, insonning qaysi organlari zaifroq bo‘lsa, o‘sha joyiga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan.
“Yana bir yomon tomoni asab tizimini yeb qo‘yarkan. Bu kasallikni yengish uchun avvalo qo‘rquvdan qutilish kerak”, - deydi mutaxassis.
Bir onaxon juda og‘ir ahvolda, o‘pkasi 70 foiz zararlangan holda kasalxonaga keltirilgan. Unga reanimatsiyada 3-4 kun yotishiga to‘g‘ri kelishini aytishgan.
“Onaxon reanimatsiyadan juda qo‘rqishlarini aytib, avvaliga qarshilik qildilar. So‘ng ularga kasallikni yengishimiz uchun qo‘rquvdan voz kechmasak bo‘lmasligini tushuntirdim. Qo‘rquvni yengib, menga ishondilar. Shu onaxon tuzalib ketganlariga qariyb bir yil bo‘ldi. Har juma menga yaxshi tilaklar bildiradilar. Ich-ichimdan xursand bo‘laman”, - deydi Musayeva quvonchlarini yashirmay.
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi jonlantirish bo‘limida asosan kimlar davolanmoqda

Har bitta o‘lim sochimizga minglab oq tushirdi

Bu yerdagi shifokorlarning faoliyati faqat yaxshi xotiralardan iborat emas, tabiiyki o‘tgan davr mobaynida ular bemorlarning o‘lim holatlariga ham guvoh bo‘lishdi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, yondosh kasalligi bor yoki virusdan juda qattiq qo‘rqib, ushbu qo‘rquvini yenga olmagan bemorlarida o‘lim holatlari kuzatilgan.

“Har bitta o‘lim sochimizga minglab oq tushirdi. Ba’zida tashqarida “shifokorlar yaxshi qarashmabdi”, degan gaplarni eshitib qolaman. Aslida unaqa emas. Bu yerda ishlayotgan hech bir shifokor bemorlarga befarq bo‘la olmaydi. Bemorning ko‘zlari befarq bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydi”, - deydi Musayeva.

U o‘lim holati nafaqat bemorning tuzalishiga umid qilgan uning yaqinlari, balki uni davolashga kirishgan shifokor uchun ham fojia ekanini qayd etdi.
COVID-19ni yengishda o‘zbekcha kurash sirlari – epidemiologlar bilan eksklyuziv intervyu
“Kasalxonamizdagi yigirmata bo‘lim boshliqlari birgalashib yig‘lagan kunlarimiz bo‘ldi. Ahvoli yaxshilanib, kundan-kunga tuzalib borayotgan bemorlar to‘satdan vafot etgan holatlarga guvoh bo‘ldik. O‘sha kunlar qaytmasligini xohlayman. U kunlarni hech kimga ravo ko‘rmayman”, - deydi shifokor.

“Omikron” O‘zbekistongacha yetib kelgan: beparvo bo‘lmaylik

Musayevaning so‘zlariga ko‘ra, ikki mingta o‘ringa mo‘ljallangan “Zangiota-2” shifoxonasida ayni kunlarda 400-500 nafar bemor davolanmoqda.
“Bizda bemorlarni davolash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy tibbiy jihozlar, kerakli dori vositalarining hammasi mavjud”, - deydi u.
Pandemiya davrida yordam berish va tajriba almashish uchun shifoxonaga tashrif buyurgan qator xorijlik, jumladan, rossiyalik shifokorlar buni alohida qayd etishgan. Shifoxonada bugungi kunda avj olayotgan koronavirusning yangi omikron shtammiga qarshi kurashish uchun ham tayyorgarlik ko‘rilgan. Zaruriy choralar qabul qilingan. Tajribali shifokorlar bu shtammga ham qarshi kurashishga har doimgidek shaylar.
Rossiyalik reanimatolog: O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasiga tayyorligi bilan hayratlantirdi
“Kasallik butunlay chekingani yo‘q, shunday ekan fuqarolar karantin qoidalariga rioya etishda davom etishi kerak. Xorij mamlakatlarida koronavirusning yangidan-yangi shtammlari tarqalayotgan bir paytda har bir kishi o‘zini himoya qilishi juda muhim”, - deya xulosa qildi Barno Musayeva.
O‘zbekistonda Omicron shtammi aniqlandi
Yangiliklar lentasi
0