Biznes-ombudsman jarima qo‘llash huquqiga ega bo‘ldi

© Depositphotos / ZwolafasolaMujchina v kostume s papkami v ruke
Mujchina v kostume s papkami v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna bo‘lish
Endi yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish, xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlar faoliyatini tekshirish kabi huquqbuzarliklar Biznes-ombudsman tomonidan ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Prezident huzuridagitadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) tadbirkorlik subyektlarining manfaatlaringa oid ayrim ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha jarima qo‘llash huquqiga ega bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245 va 245-8-moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Biznes-ombudsman va uning devoni xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (MJtKning 43-moddasi);
yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish (200−2-modda);
xususiy mulk huquqini buzish (241−1-modda);
tadbirkorlar faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish (241−2-modda);
tadbirkorlar faoliyatini va (yoki) ularning bank operatsiyalarini qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish (241−3-modda);
tadbirkorlarni homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish (241−4-modda);
imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish (241−6-modda);
tadbirkorlar hisobvaraqlarida pullari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof talab qilib olish (241−8-modda);
tadbirkorlardan qonunchilikni buzgan holda hujjatlar talab qilib olish (241−10-modda).
Bu qonun qabul qilingungacha ushbu huquqbuzarliklar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Vakil nomidan ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima qo‘llashga uning o‘rinbosarlari va Vakil devoni bosh inspektorlari haqli.
Ombudsmanning joylarda mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0