https://oz.sputniknews.uz/20220112/aeroportlarda-rossiya-kompaniyasining-royxatga-olish-tizimi-joriy-etilmoqda-22164777.html
Aeroportlarda Rossiya kompaniyasining ro‘yxatga olish tizimi joriy etilmoqda
Aeroportlarda Rossiya kompaniyasining ro‘yxatga olish tizimi joriy etilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida bosqichma-bosqich rus “Sirena Travel” kompaniyasining yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish Astra DCS tizimi joriy etiladi.
2022-01-12T16:51+0500
2022-01-12T16:51+0500
2022-01-12T16:51+0500
jamiyat
o‘zbekiston
aeroport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/718/98/7189875_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_3694ea3c9fa72c79f70d9e6d0f9e15d4.jpg
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida bosqichma-bosqich rus “Sirena Travel” kompaniyasining yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish Astra DCS tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.Bu tizimdan 12-yanvar kuni Namangan aeroportida Moskvaga uchayotgan “Uralskie avialinii” yo‘lovchilarini ro‘yxatdan o‘tkazishda foydalanilgan. Yangi ro‘yxatga olish tizimi bo‘yicha ikkinchi reys ham shu kuni Namangandan Yekaterinburgga amalga oshiriladi.Ta’kidlanishicha, ilgari barcha aeroportlar milliy aviakompaniyaning bitta ro‘yxatdan o‘tish tizimidan foydalangan. Keyinchalik aeroportlar uchun o‘zlarining ro‘yxatga olish tizimiga ega bo‘lish ehtiyoji tug‘ilgan.“Uzbekistan Airways” Namangandan Rossiya shaharlariga arzon chiptali parvozlarni boshlaydi“Sirena Travel” kompaniyasining Astra DCS — yo‘lovchilar va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining barcha zarur operatsiyalarini avtomatik ravishda bajarilishini ta’minlaydigan zamonaviy ko‘p tilli xosting tizim.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/718/98/7189875_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_f3c5167b0bc8663f6dacc356f93c6f4e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aeroport yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish astra dcs tizimi
aeroport yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish astra dcs tizimi
Aeroportlarda Rossiya kompaniyasining ro‘yxatga olish tizimi joriy etilmoqda
O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportida o‘z ro‘yxatga olish tizimiga ega bo‘lmagan aviakompaniyalari ushbu tizimga bosqichma-bosqich o‘tadi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida bosqichma-bosqich rus “Sirena Travel” kompaniyasining yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish Astra DCS tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Bu tizimdan 12-yanvar kuni Namangan aeroportida Moskvaga uchayotgan “Uralskie avialinii” yo‘lovchilarini ro‘yxatdan o‘tkazishda foydalanilgan. Yangi ro‘yxatga olish tizimi bo‘yicha ikkinchi reys ham shu kuni Namangandan Yekaterinburgga amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, ilgari barcha aeroportlar milliy aviakompaniyaning bitta ro‘yxatdan o‘tish tizimidan foydalangan. Keyinchalik aeroportlar uchun o‘zlarining ro‘yxatga olish tizimiga ega bo‘lish ehtiyoji tug‘ilgan.
"O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportida o‘z ro‘yxatga olish tizimiga ega bo‘lmagan yoki respublika aeroportlarida ularning tizimi o‘rnatilmagan barcha aviakompaniyalari ushbu tizimga bosqichma-bosqich o‘tadi. Astra DCS tizimi grafik interfeysga ega bo‘lib, yo‘lovchilar va yuklarni tez va qulay tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi”, — deydi “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Javlon Umarxo‘jayev.
“Sirena Travel” kompaniyasining Astra DCS — yo‘lovchilar va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining barcha zarur operatsiyalarini avtomatik ravishda bajarilishini ta’minlaydigan zamonaviy ko‘p tilli xosting tizim.