Jamiyat

Taniqli xonanda Sanobar Matmurodova vafot etdi

© Foto: Oʻzbekiston Madaniyat vazirligiSanobar Matmurodova
Sanobar Matmurodova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xorazmlik taniqli xonanda Sanobar Matmurodova 54 yoshida vafot etdi
TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbek xalqining sevimli ijodkoridan biri Sanobar Matmurodova bu yorugʻ olamni tark etdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi.
Sanobar Matmurodova 1968 yil Xorazm viloyatining Bogʻot tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitovaga shogird tushgan.
1994 yilda Samarqand davlat universitetining musiqa fakultetida tahsil olgan. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyat boʻlinmasida ish faoliyatini olib borgan.
Ijodi va faoliyati davomida Samarqandda oʻnlab shogird tayyorlagan.
Yangiliklar lentasi
0