S7 Airlines samolyoti Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ndi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishS7 poluchila perviy v Rossii Boeing 737 MAX
S7 poluchila perviy v Rossii Boeing 737 MAX - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilardan biriga shoshilinch tibbiy yordam kerak bo‘lgani tufayli Moskvada Qarshiga uchib kelayotgan samolyot Urganch aeroportiga shoshilinch qo‘ngan.
TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. S7 Airlines aviakompaniyasi samolyoti Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ndi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.
"Moskva – Qarshi" yo‘nalishi bo‘yicha SB-I3313 reysini amalga oshirayotgan Rossiyaning "Sibir" aviakompaniyasi samolyoti soat 01:42 da Urganch xalqaro aeroportiga shoshilinch qo‘ndi.
Bunga yo‘lovchilardan biri – Tojikiston fuqarosiga shoshilinch tibbiy yordamga muhtojligi sabab bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorda appenditsit shubha qilingan va ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan. Samolyot aeroportga qo‘nganidan so‘ng bemorni tez yordam mashinasida Urganch shahridagi tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
S7 Airlines samolyoti mahalliy vaqt bilan 02:31 da Qarshiga parvozini davom ettirgan.
Yangiliklar lentasi
0