Qozog‘istonni jiddiy islohotlar kutmoqda - Toqayev

© AP Photo / Pavel GolovkinKasim Tokayev
Kasim Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda hukumat boshqaruvi, iqtisodiy samradorlik, kadrlar tayyorlash sohalarda jiddiy islohotlar amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Qozog‘istonda bir qator iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshiriladi. Bu haqida respublika prezidenti Qosim-Jomart Tokayev 11-yanvar kuni parlament olida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Xususan, ushbu va kelgusi yillarda quyidagi islohotlar amalga oshiriladi:
Qozog‘istonda yangi hukumat saylandi va yangi bosh vazir tayinlandi;
Qozog‘iston milliy xavfsizlik xizmatlari va qurolli kuchlari jiddiy islohotlar amalga oshiriladi. Xavfsizlik xodimlari maoshi va rahbar hodimlarining javobgarligi oshiriladi;
Politsiya xodimlari va hukumat vakillariga qilingan hujumlar uchun qonuniy javobgarlik kuchaytiriladi.
Respublika iqtisodiy tizimining samaradorligi oshiriladi. Xususan, daromadlar oddiy xalq va oligarxlar orasida taqsimlanish samaradorligi oshiriladi.
Qozog‘istonda maxsus rivojlanish jamg‘armasi "Qazaqstan xalqina" tashkil etiladi, yirik kompaniyalar unga har yili badal to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Respublikadan pul mabalag‘larining olib chiqilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi;
Qozog‘iston tengesi barqarorligi va investorlar ishonchini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Benzin uchun qo‘shimcha aksiz soliqlari joriy etiladi.
Mahalliy hokimliklar, deputatlar va boshqa rahbarlarining maoshlarini oshirishga besh yillik moratoriy e’lon qilindi.
Qozog‘istonda Rossiyaning yetakchi texnik universitetlarining filiallari ochiladi.
Avtomobillarni utilizatsiya qilish bilan faqat davlat muassasalari shug‘ullanadi;
Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti 2005-yildan buyon qurilishi bitmayotgan "Astana LRT" - yengil relsli jamoat transporti qurilishi loyhasining maqsadga muvofiqligini jiddiy ko‘rib chiqishni topshirdi. Ushbu loyiha boshlangan kunidanoq korrupsiya mojarolarig aralash bo‘lib kelmoqda. Qurilish esa to‘xtab qolgan.
Yangiliklar lentasi
0