“Ork”lar inqilobi” yoki ko‘p vektorli muvaffaqiyatsizlik

© Reuters/Pavel MikheyevMitinguyushie v Almati napadayut na politseyskiy avtomobil
Mitinguyushie v Almati napadayut na politseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda amalga oshmagan ushbu “rangli inqilob”dan KXShT a’zolari va G‘arbiy “hamkorlar” kerakli xulosalar chiqarib olishi kerak.
Yanvar oyining boshida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan terrorchilik hujumi, ushbu respublikaning kuch ishlatar tizimining ulkan salohiyati mutlaq nochor ahvolda ekanini namoyish qildi. Buning asosi sababi esa: ko‘p vektorli harbiy hamkorlik, bir vaqtning o‘zida ham KXShT ham NATO bilan ishlash hamda “Buyuk Turon” g‘oyalariga nisbatan siyosiy hurmat ko‘rsatish hamda Suriya, Iroq va Afg‘onimston tajribasiga ega bo‘lgan mahalliy jihodchilar xavfini yetarlicha baholay olmaslik, deyish mumkin.
“Namoyishchilar”ning tashkiliy tayyorgarligi, logistika va operativ korrdinatsiya darajasi xorijiy davlatlar vositalari hamda maxsus xizmatlari “yordamidan” darak beradi. Namoyishlar uchun “o‘ylab topilgan” sabablar, shiorlar Ukrainada sodir bo‘lgan davlat to‘natarishiga juda o‘xshash. G‘arb OAVlari amerikaliklar yoki ularning eng yaqin ittifoqchilarini “ikkinchi Maydan” tashkil qilishda bevosita ishtirok etganini bashorat qilishmoqda. Maqsad - Rossiya yaqinida yana bir notinchlik nuqtasi tashkil qilish va Moskvaga bosimni kuchaytirish.
Amerikaning Breaking Defense nashri “Putinning dahshatli tushi” haqida xursandlik bilan ma’lumot bermoqda.
“Qozog‘istondagi qo‘zg‘olon Rossiyaning Ukraina borasidagi rejalariga yangi noma’lumlik omillari qo‘shadi. Rossiya hududi yaqinidagi yana birtta inqiroz Ukraina hududiga harbiy kuch bilan bostirib kirish rejalaridan voz kechishga majbur qilishi mumkin”, - deb “tahlil” qiladi nashr.
Ehtimol Qozog‘istondagi namoiyshlarning “tezkorligi va shafqatsizligi” ushbu davlat yer yuzidagi uranning 40%ini qazib olishi bilan bog‘liqdir. AQSh Qozog‘istonning qazib olish sohasiga $ 376 mlrd. sarmoya kiritgan. Rossiya – $ 11 mlrd.ga yaqin (so‘nggi 5-yilda), lekin Markaziy Osiyoda kuchli siyosiy ta’sirini saqlab qolmoqda.
Boshqa tomondan olganda, Qozog‘iston milliy xavfsizlik tizimining inqirozini ko‘p yillik kadrlar tayyorlash siyosati bilan bog‘lash mumkin. Ular bir vaqtning o‘zida kuch ishlatar tizimi ofitserlarni ham Rossiyada ham NATO mamlakatlarida o‘qitgan.
Bunday “ko‘pvektorli” harbiy ta’lim tizimi “jang maydonida” ham “xilma-xil vektorli” taktika qo‘llanishiga olib keladi. Rossiya, Turkiya, AQSh va Italiya harbiy bilim yurtlarida tayyorlangan Qozog‘iston ofitserlarining birgalikda tezkor hamkorlik qilishini tasavvur qilish qiyin.
2022 yilning boshiQozog‘istonning NATO va KXShT bilan ko‘p vektorli harbiy va harbiy-texnik hamkorligi – nafaqat texnologik va konseptual qarama-qarshiliklar manbai, balkim milliy xavfsizlikning real muammosi ekanini namoyish qildi. Qozog‘iston xalqi va prezidenti murakkab vaziyatda yagona to‘g‘ri qaror qabul qildi va yordam so‘rab KXShTga murojaat qildi va bir vaqtning o‘zida davlat tizimidagi ortiqcha bo‘g‘inlarni kesib tashladi.
Olma-ota yaqinida aksilterror operatsiya davom etayotgan bo‘lsa-da, kurash natijasi allaqachon ma’lum.
Qozog‘istondagi tartibsizliklardan so‘ng 10 mingga yaqin kishi tekshirish uchun qo‘lga olingan, ular orasida bir necha o‘nlab xorijiy davlat fuqarolari bor.
Qozog‘iston mojarosi KXShTning jangovar imkoniyatlari va samaradorligini tekshirish uchun birinchi imkoniyat bo‘ldi. Operativ aralashuvning dastlabki natijalari allaqachon ma’lum. Qozog‘istonda amalga oshmagan ushbu “ork”lar inqilobi”dan KXShTning barcha a’zolari va G‘arbiy “hamkorlar” to‘g‘ri xulosalar chiqarib olishlari kerak.
*Orklar – G‘arb adabiyoti va zamonaviy “fentezi” janridagi kompyuter o‘yinlarida uchraydigan afsonaviy mavjudotlar. Odatda ular yovvoyi, johil va badbashara bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0