https://oz.sputniknews.uz/20220111/olmaotadan-xohlovchilar-ozbekistonga-qaytariladi-22139917.html
Olmaotadan xohlovchilar O‘zbekistonga qaytariladi
Olmaotadan xohlovchilar O‘zbekistonga qaytariladi
Sputnik O‘zbekiston
Olmaotadan O‘zbekistonga qaytishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati tuzildi. Ular “Uzbekistan Airways” kompaniyasining navbatdagi reyslari orqali Vatanga qaytariladi.
2022-01-11T12:17+0500
2022-01-11T12:17+0500
2022-01-11T12:17+0500
qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar
o‘zbekiston tiv
olmaota
aeroport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0b/22139885_22:0:1862:1035_1920x0_80_0_0_ce28eb1d57fab64c8012ffec33fd6539.jpg
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan axborot berdi.Ta’kidlanishicha, vazirlik qo‘shni Qozog‘istondagi vaziyatni muntazam ravishda kuzatib bormoqda.O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari – Nur-Sultondagi elchixonasi, Olmaota va Aqtaudagi bosh konsulliklarida tezkor shtablar tashkil etildi.TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘istonda hibsga olingani haqida ma’lumot yo‘qMa’lum qilinishicha, qiyin ahvolda qolgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalar bilan aloqa o‘rnatilgan. Ularga zarur yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Nur-Sulton shahridagi aeroportda parvozini kutayotgan fuqarolar issiq ovqat bilan ta’minlangan.TIV vakili Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan ularning qarindoshlari va yaqinlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishda tezkor yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan.Hozirda Olmaota aeroporti yopiqligicha qolmoqda.Mamlakat fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha O‘zbekistonning Nur-Sulton (telefon raqami: +7 771 020 36 73), Olmaota (+7 777 950 44 33) va Aqtau (+7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0b/22139885_252:0:1632:1035_1920x0_80_0_0_141c50e6b36823dd92800a2fcf9dd7b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
olmaota o‘zbekistonga qaytish aviareys olmaota toshkent reysi
olmaota o‘zbekistonga qaytish aviareys olmaota toshkent reysi
Olmaotadan xohlovchilar O‘zbekistonga qaytariladi
TIV rasmiy vakilining ma’lum qilishicha, ular “Uzbekistan Airways” kompaniyasining navbatdagi reyslari orqali O‘zbekistonga qaytariladi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan axborot berdi.
Ta’kidlanishicha, vazirlik qo‘shni Qozog‘istondagi vaziyatni muntazam ravishda kuzatib bormoqda.
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari – Nur-Sultondagi elchixonasi, Olmaota va Aqtaudagi bosh konsulliklarida tezkor shtablar tashkil etildi.
Ma’lum qilinishicha, qiyin ahvolda qolgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalar bilan aloqa o‘rnatilgan. Ularga zarur yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Nur-Sulton shahridagi aeroportda parvozini kutayotgan fuqarolar issiq ovqat bilan ta’minlangan.
TIV vakili Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan ularning qarindoshlari va yaqinlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishda tezkor yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan.
“Olmaotadan O‘zbekistonga qaytishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati tuzildi. Ular “Uzbekistan Airways” kompaniyasining navbatdagi reyslari orqali Vatanga qaytariladi”, - deyilgan
xabarda.
Hozirda Olmaota aeroporti yopiqligicha qolmoqda.
Mamlakat fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha O‘zbekistonning Nur-Sulton (telefon raqami: +7 771 020 36 73), Olmaota (+7 777 950 44 33) va Aqtau (+7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.