Noqonuniy migratsiya: Moskva viloyatida 3 nafar sobiq politsiyachiga ayblov qo‘yildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatida 3 nafar sobiq politsiyachiga ayblov qo‘yildi
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Moskva prokuraturasi 7 nafar xorijlikning Rossiyaga noqonuniy kirib kelishiga yordam bergan 3 nafar sobiq politsiyachiga qarshi ayblov xulosasini tasdiqladi.
Ular oldindan til biriktirib, o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda noqonuniy migratsiyani tashkil etish va katta miqdorda pora olishda ayblanmoqda.
Jinoiy ish hujjatlari mazmunan ko‘rib chiqish uchun Moskvaning Taganskiy tuman sudiga yuborildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular 2019-yil fevral oyidan 2020-yil iyuliga qadar turli sabablarga asosan mamlakat hududiga kelishi taqiqlangan xorijliklarning Rossiya hududiga noqonuniy kirishiga ko‘mak bergan.
Buni amalga oshirish uchun ayblanuvchilar nikoh guvohnomasi blankasi namunasini va Rossiya fuqarolari pasportlari nusxalarini olib, xorijliklar va rossiyaliklar o‘rtasida nikoh hujjatlarining qalbaki nusxalarini tayyorlashgan.
Ular nusxalarni Moskva notariuslarining soxta muhr, shtamp va imzolari bilan tasdiqlashgan.
Yangiliklar lentasi
0