Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiy: kunlik holatlar 420tadan ziyod, 4 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishVrach v gospitale dlya bolnix koronavirusom
Vrach v gospitale dlya bolnix koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda sutka davomida 425 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201 155 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 425 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201 155 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (2), Andijon viloyatida (15), Buxoro viloyatida (8), Jizzax viloyatida (21), Qashqadaryo viloyatida (20), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (6), Samarqand viloyatida (47), Sirdaryo viloyatida (7), Farg‘ona viloyatida (8), Xorazm viloyatida (22), Toshkent viloyatida (43), Toshkent shahrida (223) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 197 308 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foiz.
SSVga ko‘ra, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. COVID-19ning yangi "omikron" shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda.
“Afsuski, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda "omikron" shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, kasallikka qarshi to‘liq emlanishlarini so‘rab qolamiz”, - deyilgan SSV xabarida.
Respublikada jami 39,9 mln doza vaksinadan foydalanildi.

O‘lim holatlari

4 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1 501 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 307,2 milliondan oshdi, 5,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (60,0 mln), Hindistonda (35,7 mln), Braziliyada (22,5 mln).
Yangiliklar lentasi
0