Farg‘onada ID* g‘oyalarini targ‘ib qilgan yosh yigitga qarshi jinoiy ish ochildi

© Pexels / Kindel MediaNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna bo‘lish
19 yoshli farg‘onalik internet orqali yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan. U “Islom davlati”* terroristik tashkilotiga qo‘shilish uchun Turkiya orqali Suriyaga o‘tishga uringan.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Farg‘ona viloyatida “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti tarafdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar bermoqda.
DXX ma’lumotlariga ko‘ra, Uchko‘prik tumanida yashovchi 19 yoshli U.M. Internet orqali yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan. U Suriyadagi “Islom davlati”* safiga qo‘shilish maqsadida 2021-yilning aprel oyida Turkiyaga borgan. Ammo u yerdan Suriyaga o‘ta olmay, sentabr oyida doimiy yashash manziliga qaytib kelgan.
So‘ngra Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanida istiqomat qiluvchi yaqin aloqalaridan iborat yashirin “jamoat” tuzib, ular orasida “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qila boshlagan.
DXX “Hizb ut-Tahrir”*ning 12 nafar tarafdorini qo‘lga oldi
Aniqlanishicha, u aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan audio va video materiallarni tinglab kelgan. Ularning ta’sirida “jamoat” a’zolari orasida “jihod” hamda “shahid”likka chorlovchi audiosuhbatlar olib borgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, U.M.ning telefoni xotirasidagi ma’lumotlar o‘zining mohiyati va mazmuni, ularda ilgari surilgan g‘oyalar jihatidan O‘zbekistonda jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallar sirasiga kirib, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan hisoblanadi.
Tavbasiga tayanmadi: terrorchilarga qo‘shilish uchun qochib ketgan shaxs qo‘shni mamlakatda ushlandi
Hozir U.M. va uning sheriklariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmokda.
* Rossiya, O‘zbekiston va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0