Viloyatlarda Odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi

© PixabayXudojestvennoe izobrajenie molekul DNK
Xudojestvennoe izobrajenie molekul DNK - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2022
Obuna bo‘lish
Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tashkil qilinadi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.
Adliya vazirligi 2022-yil 1-iyulgacha Samarqanddagi, 2022-yil 1-dekabrgacha Farg‘onadagi, 2024-yil 1-sentabrgacha ekspertiza bo‘limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi;
2022 yil 1-noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo‘limini zarur texnikalar bilan ta’minlaydi;
2023 yil 1-yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazadi.
Yangiliklar lentasi
0