https://oz.sputniknews.uz/20220110/qatiy-karantin-cheklovlari-joriy-etiladimi-22130656.html
Qat’iy karantin cheklovlari joriy etiladimi
Qat’iy karantin cheklovlari joriy etiladimi
Sputnik O‘zbekiston
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari qat’iy karantin cheklovlari qayta joriy etiladimi degan savolga javob berdi.
2022-01-10T18:56+0500
2022-01-10T18:56+0500
2022-01-10T18:58+0500
jamiyat
o‘zbekiston
karantin
omikron shtammi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1376/33/13763377_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_43de25ff11fafc73a9f4fa03ab7f4f32.jpg
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani tufayli qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilmagan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev ma’lum qildi."Bir narsani yaxshi tushunish kerak, vaksina ‘omikron’dan himoya qilmaydi. Emlangan odamda kasallik yengilroq o‘tadi, xolos. Biz uni yuqtirmaslik uchun jamoatchilik yig‘ilgan joylardagi munosabatlarni kamaytirishimiz va gigiyenaga qattiq e’tiborli bo‘lishimiz kerak", — deya qo‘shimcha qildi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqovning ta’kidlashicha, 24-yanvardan keyin OTMlarda ta’lim jarayoni onlayn formatga o‘tkazilmaydi. Yakuniy nazorat imtihonlari o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi.Eslatib o‘tamiz, 9-yanvar kuni O‘zbekistonga Dubaydan kelgan xorijlik fuqaroda koronavirusning yangi omikron shtammi aniqlangani rasman ma’lum qilingan edi. "Omikron" shtammi aniqlangani sabab 15-yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi.Mavzuga oid:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1376/33/13763377_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_e27492410369ca0ad9b16db6cc20b2ac.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
omikron o‘zbekiston o‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi karantin cheklovlar
omikron o‘zbekiston o‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi karantin cheklovlar
Qat’iy karantin cheklovlari joriy etiladimi
18:56 10.01.2022 (yangilandi: 18:58 10.01.2022) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari qat’iy karantin cheklovlari qayta joriy etiladimi degan savolga javob berdi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani tufayli qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilmagan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev ma’lum qildi.
"Cheklovlar kiritilishining oldini olish uchun ham emlanishimiz kerak", — dedi Norboyev.
"Bir narsani yaxshi tushunish kerak, vaksina ‘omikron’dan himoya qilmaydi. Emlangan odamda kasallik yengilroq o‘tadi, xolos. Biz uni yuqtirmaslik uchun jamoatchilik yig‘ilgan joylardagi munosabatlarni kamaytirishimiz va gigiyenaga qattiq e’tiborli bo‘lishimiz kerak", — deya qo‘shimcha qildi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqovning ta’kidlashicha, 24-yanvardan keyin OTMlarda ta’lim jarayoni onlayn formatga o‘tkazilmaydi. Yakuniy nazorat imtihonlari o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 9-yanvar kuni O‘zbekistonga Dubaydan kelgan xorijlik fuqaroda koronavirusning yangi omikron shtammi aniqlangani rasman
ma’lum qilingan edi. "Omikron" shtammi aniqlangani sabab 15-yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi.