Bundan birinchi navbatda O‘zbekiston xulosa chiqarib olishi kerak - Lukashenko

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko, arxivnoe foto
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealardan birinchi navbatda O‘zbekiston xulosa chiqarib olishi kerak - Aleksandr Lukashenko.
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealardan birinchi navbatda O‘zbekiston xulosa chiqarib olishi kerak, dedi Belarus prezidenti bugun bo‘lib o‘tgan KXShT davlat rahbarlarining navbatdan tashqari sessiyasida.
"Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda tashqi faktor albatta bor, ularning ssenariysi bizga tanish. Ana shunday davlat to‘ntarishlariga misol tariqasida Yugoslaviya, Iroq, Afg‘oniston, Ukrainani sanab o‘tish mumkin. Yaqinda Belarusda ham ana shunga o‘xshash urinish bo‘lgan edi.
Albatta ushbu mamlakatlarning har birida o‘ziga xos xususiyatlar bor edi, lekin ularning barchasida umumiylik, o‘xshashlik ham bor. Bu - tashqi aralashuv. Biroz vaqt o‘tib ularning barchasining ismi shariflari, turar joyi aniqlanadi. lekin bunday voqealarda tashqi omil yagona bo‘lmaydi. Ichki omil ham bo‘ladi. Xuddi Belarusda bo‘lgani kabi.
Aytish joizki, bizga yaqin qardosh qozoq xalqi va Qozog‘iston atrofida va Markaziy Osiyo respublikalari atrofida hududda notinchlik o‘rnatish vaziyatni "portlatib yuyuborish"ni istaydigan kuchlar juda ko‘paygan. Yaqinda ularga Afg‘oniston ham qo‘shildi. Qozog‘iston chegaralarida ko‘plab xalqaro terrorchilar to‘planib qolganini ko‘rdik, bu birinchidan.
Ikkinchidan, bizning sobiq Ittifoq respublikalarimiz ushbu salbiy holatlarni hal qilish uchun faqat bitta respublika hududida harakat qilish yetarli bo‘lmaydi. Bizning xulosamizga ko‘ra, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga eng yaqin qardosh halqlar sifatida ushbu muammoni birgalikda hal qilishga harakat qilib ko‘rishi kerak.

Yuqorida aytilgan, darslardan boshqa respublikalar va meni kechirasiz, birinchi navbatda, O‘zbekiston xulosa chiqarib olishi kerak", - dedi Belarus rahbari.

Bizning ma’lumotimizga ko‘ra, ularning nazarlari, jumladan, O‘zbekistonga ham qaratilgan. Lekin asosiysi - bu darslar. Bugun Qozog‘iston o‘rganayotgan darslar, ya’ni tashqi va ichki sabablar.
Bu barcha respublikalarga taalluqli. Agar biz barcha sabablarni o‘rganmasak, faqat tashqi omilga bog‘lab o‘tirsak - vaziyat takrorlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyoda terrorchilarning yashirin guruhlarini tuzish xavfi borligi, va ushbu guruhlar kerakli vaqtda bir zumda uyg‘onishi mumkinligini haqida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham ko‘p marotaba aytib o‘tgan edi.
Biz ham oldin bu gapni ko‘p marotaba eshitgan bo‘lsak-da, "Belarusda bunaka bo‘lmaydi, bu balo bizning yonimizdan o‘tib ketadi" deb o‘ylardik, lekin bunday bo‘lmadi.
Qozog‘istondan bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarni chuqurroq o‘rgansa ularning negizida professional jangarilar turganini ko‘rish mumkin. Bu juda xavfli tendensiya. Kim ularni tashkil qilgan va boshqarganini - aniqlash kerak. Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar tashkilotchilari va boshqaruvchilari juda chuqur yashiringan.
Lekin mening ishonchim komilki, Belarus va Qozog‘iston voqealari kalavacini oxirigacha chuvatsak - biz yagona boshlang‘ich nuqtaga kelamiz.
Biz tomondan kollektiv tinchlikparvar kuchlarini kritish to‘g‘risidagi qaror o‘z vaqtida qabul qilinganini alohida ta’kidlamoqchiman.
KXShTning birgalikda harakat qilishi - jangarilarni bir zumda hovurdan tushirdi va butun dunyoga bizning yaqin ittifoqchi munosabatlarimizni, va KXShT potensialini namoyish qildi.
Lekin bizni kelajakda jiddiy chaqiriqlar kutmoqda. KXShTning barcha tuzilmalarini va birinchi navbatda uning tinchlikparvar kuchlarini mustahkamlash kerak. Bu borada AQSh yoki G‘arb davlatlari tomon ortiqcha bosh o‘girish yoki "tortinish" kerak emas.
Ularni o‘zlarida biror muammo paydo bo‘lsa, bizga qarab o‘tirishmaydi-ku? Yoki bu demokratiyaga mosmi yo‘qmi deb ham o‘ylashmaydi. O‘z manfaati uchun nima kerak bo‘lsa o‘shani qiladi. Biz ham ana shuni hisobga olishimiz kerak.
Qozog‘istonda birinchi damdayoq keskin harakat qilindi va buning natijasi ko‘rinib turibdi.
G‘arb siyosatchilari boshida nima deyishini bilmay qoldi shekilli. Ular 2-3 kun pauza ushlab turishdi, bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatishdi, ehtimol o‘zaro kelishib olishgan. Va keyin biz kutgandek demokratiya, ozodlik, keskin choralar ko‘rmaslik kerak degan bayonotlar bilan chiqishdi.
Kelajakda biz bunday holatlarni diqqat bilan kuzatib borishimiz va ehtimoliy xavflarni oldindan bartaraf etishimiz kerak. Jumladan, axborot maydonida ham oldindan zarba berishga harakat qilish kerak. Tinchlikparvar kuchlarni "okkupantlar" deb nomlashga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bunday urinishlar bo‘ldi. Bizni qardosh xalq taklif qildi. Biz unga yordam berdik. Bu ham bir dars. Yaxshi dars bo‘ldi, - deya xulosa qildi Belarus prezidenti.
Yangiliklar lentasi
0