https://oz.sputniknews.uz/20220109/qozogistonning-barcha-viloyatlarida-vaziyat-barqarorlashdi---iiv--22112621.html
Qozog‘istonning barcha viloyatlarida vaziyat barqarorlashdi - IIV
Qozog‘istonning barcha viloyatlarida vaziyat barqarorlashdi - IIV
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda terrorchilar tomonidan egallab olingan binolar ozod qilindi, barcha hayotni ta’minlash tizimlari qayta ishga tushdi.
2022-01-09T10:50+0500
2022-01-09T10:50+0500
2022-01-09T10:50+0500
qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar
qozog‘iston
olmaota
terror
ommaviy tartibsizlik
norozilik namoyishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/08/22110914_0:179:3322:2048_1920x0_80_0_0_ded2f7e8d42c6514a414957eec0d88ad.jpg
TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Qozog‘istonning barcha viloyatlarida vaziyat barqarorlashdi, terrorchilar tomonidan egallab olingan binolar ozod qilindi - deb xabar qilmoqda Respublika Ichki ishlar vaziri v.b. Yerlan Turgumbayev.Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda yangi yildan so‘ng ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan edi. Dastlab mamlakat shimolida, Mang‘istau viyalotida suyultirilgan gaz narxi oshishi sabab boshlangan norozilik namoyishlari keyinchalik Qozog‘iston janubiy viloyatlarda ommaviy tartibsizlik, bosqinchilik va terrorchilikka harakatiga aylanib ketdi. Qurollangan to‘dalar yirik shahar markazlari, ma’muriyat binolari, telekanallarni egallab olishdi, politsiya va harbiylarga hujumlar uyushtirishdi. Magazinlarga bosqinchilik qilindi. Bunga javoban Qozog‘iston prezidenti 19-yanvarga qadar mamlkatda favqulodda vaziyat joriy etdi va KXShT a’zolaridan yordam so‘radi. Qozog‘istonga Rossiya, Belarus, Armaniston va Tojikistondan KXShT tinchlikparvar kuchlari vaqtincha kiritildi. Ularning vazifasi - muhim obyektlarni qo‘riqlash. BMT ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istondagi tartibsizliklar davomida 18 nafar huquqni saqlash organlari xodimlari qurbon bo‘lgan, mingga yaqin kishi yaralangan. Ayni damda Qozog‘istonda aksilterror operatsiya o‘tkazilmoqda. Qozog‘iston harbiylari Olma-Ota, Chimkent va boshqa viloyat markazlarida tartibsizliklarda ishtirok etgan jangarilarni qo‘lga olmoqda. Shu kunga qadar 4200dan ortiq kishi qo‘lga olingan. Ular orasida chet el fuqarolari ham bor.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/08/22110914_339:0:3070:2048_1920x0_80_0_0_7203b64d6543d50edb640774f81db956.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston tinchlik terrorchilar
qozog‘iston tinchlik terrorchilar
Qozog‘istonning barcha viloyatlarida vaziyat barqarorlashdi - IIV
Qozog‘istonda terrorchilar tomonidan egallab olingan binolar ozod qilindi, barcha hayotni ta’minlash tizimlari qayta ishga tushdi.
TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Qozog‘istonning barcha viloyatlarida vaziyat barqarorlashdi, terrorchilar tomonidan egallab olingan binolar ozod qilindi - deb xabar qilmoqda Respublika Ichki ishlar vaziri v.b. Yerlan Turgumbayev.
"Bugungi kunda barcha hududlarda vaziyat barqarorlashdi. Qozog‘iston huquqni saqlash kuchlari tomonidan egallab olingan barcha akimat binolari ozod qilindi. Kommunal xo‘jalik obyektlari va ta’minot tizimlari faoliyati qayta tiklandi" - dedi Turgumbayev o‘z murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda yangi yildan so‘ng ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan edi. Dastlab mamlakat shimolida, Mang‘istau viyalotida suyultirilgan gaz narxi oshishi sabab boshlangan norozilik namoyishlari keyinchalik Qozog‘iston janubiy viloyatlarda ommaviy tartibsizlik, bosqinchilik va terrorchilikka harakatiga aylanib ketdi.
Qurollangan to‘dalar yirik shahar markazlari, ma’muriyat binolari, telekanallarni egallab olishdi, politsiya va harbiylarga hujumlar uyushtirishdi. Magazinlarga bosqinchilik qilindi. Bunga javoban Qozog‘iston prezidenti 19-yanvarga qadar mamlkatda favqulodda vaziyat joriy etdi va KXShT a’zolaridan yordam so‘radi. Qozog‘istonga Rossiya, Belarus, Armaniston va Tojikistondan KXShT tinchlikparvar kuchlari vaqtincha kiritildi. Ularning vazifasi - muhim obyektlarni qo‘riqlash.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istondagi tartibsizliklar davomida 18 nafar huquqni saqlash organlari xodimlari qurbon bo‘lgan, mingga yaqin kishi yaralangan.
Ayni damda Qozog‘istonda aksilterror operatsiya o‘tkazilmoqda. Qozog‘iston harbiylari Olma-Ota, Chimkent va boshqa viloyat markazlarida tartibsizliklarda ishtirok etgan jangarilarni qo‘lga olmoqda. Shu kunga qadar 4200dan ortiq kishi qo‘lga olingan. Ular orasida chet el fuqarolari ham bor.