https://oz.sputniknews.uz/20220109/olma-otadaning-har-bir-blokpostida-harbiylar-joylashtirildi-22112760.html
Olma-Otaning har bir blokpostida harbiylar joylashtirildi
Olma-Otaning har bir blokpostida harbiylar joylashtirildi
Sputnik O‘zbekiston
Jangarilar qochib ketishini oldini olish maqsadida Olma-Otadaning har bir blokpostida harbiylar joylashtirildi.
2022-01-09T11:06+0500
2022-01-09T11:06+0500
2022-01-09T18:06+0500
qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar
qozog‘iston
harbiy
ommaviy tartibsizlik
norozilik namoyishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/06/22086074_0:58:2353:1382_1920x0_80_0_0_f218d60f026fa6cda6c1dccd0a9288cf.jpg
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Qozog‘istonda aksilterror operatsiya yangi bosqichga o‘tdi. Jangarilarning Olma-Otadan qochib ketishini oldini olish maqsadida - har bir blokpostida harbiylar joylashtirildi.Xabarda aytilishiga ko‘ra, jangarilar aksariyat hollarda o‘g‘irlangan harbiy forma kiyishgan. Kursantlar ulardan farqlash maqsadida qo‘llariga oq tasma bog‘lashgan. Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda yangi yildan so‘ng ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan edi. Dastlab mamlakat shimolida, Mang‘istau viyalotida suyultirilgan gaz narxi oshishi sabab boshlangan norozilik namoyishlari keyinchalik Qozog‘iston janubiy viloyatlarda ommaviy tartibsizlik, bosqinchilik va terrorchilikka harakatiga aylanib ketdi.Qurollangan to‘dalar yirik shahar markazlari, ma’muriyat binolari, telekanallarni egallab olishdi, politsiya va harbiylarga hujumlar uyushtirishdi. Magazinlarga bosqinchilik qilindi. Bunga javoban Qozog‘iston prezidenti 19-yanvarga qadar mamlkatda favqulodda vaziyat joriy etdi va KXShT a’zolaridan yordam so‘radi. Qozog‘istonga Rossiya, Belarus, Armaniston va Tojikistondan KXShT tinchlikparvar kuchlari vaqtincha kiritildi. Ularning vazifasi - muhim obyektlarni qo‘riqlash.BMT ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istondagi tartibsizliklar davomida 18 nafar huquqni saqlash organlari xodimlari qurbon bo‘lgan, mingga yaqin kishi yaralangan.Ayni damda Qozog‘istonda aksilterror operatsiya o‘tkazilmoqda. Qozog‘iston harbiylari Olma-Ota, Chimkent va boshqa viloyat markazlarida tartibsizliklarda ishtirok etgan jangarilarni qo‘lga olmoqda. Shu kunga qadar 4200dan ortiq kishi qo‘lga olingan. Ular orasida chet el fuqarolari ham bor.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/06/22086074_217:0:2137:1440_1920x0_80_0_0_54646a06e3b598ba8d482e538ea76fa5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jangarilar olma-ota blokpost harbiylar
jangarilar olma-ota blokpost harbiylar
Olma-Otaning har bir blokpostida harbiylar joylashtirildi
11:06 09.01.2022 (yangilandi: 18:06 09.01.2022) Jangarilar qochib ketishini oldini olish maqsadida Olma-Otadaning har bir blokpostida harbiylar joylashtirildi.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Qozog‘istonda aksilterror operatsiya yangi bosqichga o‘tdi. Jangarilarning Olma-Otadan qochib ketishini oldini olish maqsadida - har bir blokpostida harbiylar joylashtirildi.
Qozog‘iston huquqni saqlash organlari va harbiylari Olma-Ota shahridan chiqishda joylashgan 13ta blokpostlaring barchasini to‘liq nazorat ostiga olishdi. Ular shahardan chiqayotgan barcha avtomobillarni ko‘zdan kechirishmoqda. har qanday shubhali kishilarni qo‘lga olib shtabga olib kelishmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, jangarilar aksariyat hollarda o‘g‘irlangan harbiy forma kiyishgan. Kursantlar ulardan farqlash maqsadida qo‘llariga oq tasma bog‘lashgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda yangi yildan so‘ng ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan edi. Dastlab mamlakat shimolida, Mang‘istau viyalotida suyultirilgan gaz narxi oshishi sabab boshlangan norozilik namoyishlari keyinchalik Qozog‘iston janubiy viloyatlarda ommaviy tartibsizlik, bosqinchilik va terrorchilikka harakatiga aylanib ketdi.
Qurollangan to‘dalar yirik shahar markazlari, ma’muriyat binolari, telekanallarni egallab olishdi, politsiya va harbiylarga hujumlar uyushtirishdi. Magazinlarga bosqinchilik qilindi. Bunga javoban Qozog‘iston prezidenti 19-yanvarga qadar mamlkatda favqulodda vaziyat joriy etdi va KXShT a’zolaridan yordam so‘radi. Qozog‘istonga Rossiya, Belarus, Armaniston va Tojikistondan KXShT tinchlikparvar kuchlari vaqtincha kiritildi. Ularning vazifasi - muhim obyektlarni qo‘riqlash.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istondagi tartibsizliklar davomida 18 nafar huquqni saqlash organlari xodimlari qurbon bo‘lgan, mingga yaqin kishi yaralangan.
Ayni damda Qozog‘istonda aksilterror operatsiya o‘tkazilmoqda. Qozog‘iston harbiylari Olma-Ota, Chimkent va boshqa viloyat markazlarida tartibsizliklarda ishtirok etgan jangarilarni qo‘lga olmoqda. Shu kunga qadar 4200dan ortiq kishi qo‘lga olingan. Ular orasida chet el fuqarolari ham bor.