https://oz.sputniknews.uz/20220109/minimal-istemol-xarajatlarining-yangi-miqdori-elon-qilindi-22114060.html
Minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori e’lon qilindi
Minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning turli viloyatlarida yashayotgan 10 mingdan ortiq uy xo‘jaliklari minimal xarajatlari miqdorini hisobga olgan holda minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori hisoblandi.
2022-01-09T13:27+0500
2022-01-09T13:27+0500
2022-01-09T14:31+0500
jamiyat
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/14/15634753_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_bb5364a36b3f18ccdc8a289e9b795658.jpg
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdorini hisoblab chiqdi. Minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori respublikaning barcha hududlarida 10,6 ming uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuv natijasida hisoblangan. Bunda jon boshiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat miqdori (2200 kkal), hamda kunlik nooziq-ovqat tovar va kerakli xizmatlar uchun bir oylik minimal xarajatlar hisoblangan. Eslatib o‘tamiz, 2020- yilda 5,4 ming uy xo‘jaligi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuni bo‘yicha dastlabki hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari 2021- yil narxlarida 440 ming so‘mni tashkil etgan edi. Ushbu ko‘rsatgich 2021-yilning may oyida e’lon qilingan edi.Jahon tajribasida ushbu ko‘rsatgich mamlakat kambag‘allik chegarasini belgilash, aholining moddiy ko‘makka muhtoj guruhini aniqlash va ushbu guruhning real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish va pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash uchun foydalaniladi.O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi Vazirlar Mahkamasining 544-sonli qaroriga asosan 2020-yilda joriy etilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/14/15634753_233:0:2964:2048_1920x0_80_0_0_41daa19e0b0813549f69b0700c2f0281.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston uy xo‘jaliklari minimal xarajatlar iste’mol yangi miqdor
o‘zbekiston uy xo‘jaliklari minimal xarajatlar iste’mol yangi miqdor
Minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori e’lon qilindi
13:27 09.01.2022 (yangilandi: 14:31 09.01.2022) O‘zbekistonning turli viloyatlarida yashayotgan 10 mingdan ortiq uy xo‘jaliklari minimal xarajatlari miqdorini hisobga olgan holda minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori hisoblandi.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdorini hisoblab chiqdi.
Minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori - kishi boshiga oyiga 498 ming so‘mni tashkil qildi, - deyilgan xabarda.
Minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori respublikaning barcha hududlarida 10,6 ming uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuv natijasida hisoblangan. Bunda jon boshiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat miqdori (2200 kkal), hamda kunlik nooziq-ovqat tovar va kerakli xizmatlar uchun bir oylik minimal xarajatlar hisoblangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020- yilda 5,4 ming uy xo‘jaligi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuni bo‘yicha dastlabki hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari 2021- yil narxlarida 440 ming so‘mni tashkil etgan edi. Ushbu ko‘rsatgich 2021-yilning may oyida e’lon qilingan edi.
Jahon tajribasida ushbu ko‘rsatgich mamlakat kambag‘allik chegarasini belgilash, aholining moddiy ko‘makka muhtoj guruhini aniqlash va ushbu guruhning real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish va pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash uchun foydalaniladi.
O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi Vazirlar Mahkamasining 544-sonli qaroriga asosan 2020-yilda joriy
etilgan.