https://oz.sputniknews.uz/20220108/qozogiston-milliy-xavfsizlik-qomitasi-sobiq-raisi-masimov-qolga-olindi--22104878.html
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Masimov qo‘lga olindi
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Masimov qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov qo‘lga olindi.
2022-01-08T10:38+0500
2022-01-08T10:38+0500
2022-01-08T11:07+0500
qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar
qozog‘iston
ommaviy tartibsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/08/22105922_0:0:2642:1486_1920x0_80_0_0_2946c5bb29f99cbd642bee60507b9f77.jpg
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov qo‘lga olindi.Masimov va boshqa shaxslar davlatga xiyonat qilishda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston mamlakat xavfsizlik qo‘mitasiga asosan.6 yanvar kuni Masimov tergov izolyatoriga joylashtirildi.Davlatga xiyonat qilishda aybdor bo‘lgan shaxslar 10-yildan 15-yilgacha qamalishi va Qozog‘iston fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin.Karim Masimov haqidaU 56 yoshda. Lumumba nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti (iqtisod va huquq), Pekin madaniyat va tillar instituti (zamonaviy xitoy tili), Uxan universitetining xalqaro huquq instituti (xalqaro huquq) va Qozog‘iston davlat boshqaruv akademiyasida (moliya va kredit) tahsil olgan.90-yillarda u banklarda ishlagan, 2000-yilda transport vaziri, 2001-yilda bosh vazir o‘rinbosari, keyin prezident Nazarboyevning yordamchisi (2003-2006), uning administratsiyasi rahbari (2012-2014) va bosh vazir (2007-2012 va 2014-2016).Masimov rekord darajada - 8-yil bosh vazir lavozimini egallagan. U 2016-yilda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlandi va Toqayev prezident bo‘lganidan keyin ham bu lavozimni saqlab qoldi.Milliy xavfsizlik xizmati general-leytenanti unvoniga ega.Toqayev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan so‘ng Olmaotadagi tartibsizliklar va aksilterror operatsiyasi fonida Karim Masimov ishdan bo‘shatildi.55 yoshli Yermek Sagimbayev MXQ yangi rahbari etib tayinlandi.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/08/22105922_0:0:2642:1982_1920x0_80_0_0_24c15859f28952ad3ec4d4fd095c4635.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi masimov qo‘lga olindi
qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi masimov qo‘lga olindi
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Masimov qo‘lga olindi
10:38 08.01.2022 (yangilandi: 11:07 08.01.2022) Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov qo‘lga olindi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov qo‘lga olindi.
Masimov va boshqa shaxslar davlatga xiyonat qilishda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston mamlakat xavfsizlik qo‘mitasiga asosan.
6 yanvar kuni Masimov tergov izolyatoriga joylashtirildi.
Davlatga xiyonat qilishda aybdor bo‘lgan shaxslar 10-yildan 15-yilgacha qamalishi va Qozog‘iston fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin.
U 56 yoshda. Lumumba nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti (iqtisod va huquq), Pekin madaniyat va tillar instituti (zamonaviy xitoy tili), Uxan universitetining xalqaro huquq instituti (xalqaro huquq) va Qozog‘iston davlat boshqaruv akademiyasida (moliya va kredit) tahsil olgan.
90-yillarda u banklarda ishlagan, 2000-yilda transport vaziri, 2001-yilda bosh vazir o‘rinbosari, keyin prezident Nazarboyevning yordamchisi (2003-2006), uning administratsiyasi rahbari (2012-2014) va bosh vazir (2007-2012 va 2014-2016).
Masimov rekord darajada - 8-yil bosh vazir lavozimini egallagan. U 2016-yilda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlandi va Toqayev prezident bo‘lganidan keyin ham bu lavozimni saqlab qoldi.
Milliy xavfsizlik xizmati general-leytenanti unvoniga ega.
Toqayev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan so‘ng Olmaotadagi tartibsizliklar va aksilterror operatsiyasi fonida Karim Masimov ishdan bo‘shatildi.
55 yoshli Yermek Sagimbayev MXQ yangi rahbari etib tayinlandi.