“O‘zbekneftgaz” benzin narxi arzonlashganiga oid xabarlar yuzasidan bayonot berdi

© Pixabay / bere_moonlight0Avtomobil na AZS, arxivnoe foto
Avtomobil na AZS, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2022
Obuna bo‘lish
“O‘zbekneftgaz” benzin narxining arzonlashgani borasidagi xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” benzin narxining arzonlashgani borasidagi xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
Unda aytilishicha, benzin taqchilligini oldini olish va narxini arzonlashtirish borasida “O‘zbekneftgaz” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbirlar bajarilmoqda.
"Bugungi kunda birja savdolari orqali savdoga chiqarilayotgan avtobenzin sotib olinib, iste’molchiga yetkazib berilgunga qadar (soliq, rentabellik, transport xarajatlari va boshqa xarajatlar) 6700 so‘mni tashkil etmoqda.
Xarajatlarni kamaytirish borasida qilinayotgan ishlarning samarasi o‘laroq, bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” korxonasi AYoQShlarida 6500 so‘mdan sotib kelinmoqda. Respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz” AJning barcha AYoQShlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta’minmoqda" - deyilgan bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0