https://oz.sputniknews.uz/20220108/lukashenko-va-nazarboev-telefon-orqali-muloqot-qildi-22103788.html
Lukashenko va Nazarboyev telefon orqali muloqot qildi
Lukashenko va Nazarboyev telefon orqali muloqot qildi
Sputnik O‘zbekiston
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
2022-01-08T02:38+0500
2022-01-08T02:38+0500
2022-01-09T21:48+0500
qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar
qozog‘iston
nursulton nazarboyev
belarus
aleksandr lukashenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/08/22103762_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_34cdd9f893e432ffb1ffb92d0ec80cfb.jpg
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. 7-yanvar, juma kuni kechqurun Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.Bu haqda Sputnik Belarus mamlakat prezidenti matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.Ular Qozog‘istondagi vaziyatni muhokama qilishdi.Qayerga g‘oyib bo‘ldiQozog‘istonda tartibsizliklar boshlanganidan beri Nursulton Nazarboyev haqida hech qanday xabarlar bo‘lmadi.Oxirgi marta u Yangi yil oldidan - dekabr oyi oxirida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDH sammitida OAVlar oldida ko‘rinish bergandi.5 yanvardan boshlab Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashiga rahbarlik qilmoqda – avval bu lavozimda Nazarboyev faoliyat olib borardi va u umrining oxirigacha mazkur lavozim vakolatlariga ega edi.Qozog‘istondagi tartibsizliklarQozog‘istonda ommaviy norozilik namoyishlari 2022-yilning dastlabki kunlarida boshlandi. O‘shanda mamlakat g‘arbidagi Janaozen va Oqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi chiqdi, keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga ham tarqaldi. Olma-Otada 4 va 5-yanvar kunlari kuchishlatar tizim xodimlari bilan to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, politsiya gaz va shovqinli granatalardan foydalandi. Qozog‘iston bo‘ylab internet o‘chirildi, bir qator telekanallarning translyatsiyasi vaqtincha to‘xtatildi. 19-yanvarga qadar butun Qozog‘iston hududida favqulodda holat joriy etildi.5 yanvar kuni ertalab prezident Qasim-Jomart Toqayev hukumatni iste’foga chiqardi va respublika Xavfsizlik kengashiga rahbarlik qildi. birinchi yig‘ilishda u Qozog‘istondagi vaziyatni “davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi” deb atadi va “terrorchilik xavfini yengish” uchun KXShTdan yordam so‘raganini aytdi.KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi Toqayevning murojaati munosabati bilan Qozog‘istonga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni yuborish to‘g‘risida qaror qildi. Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va normallashtirish maqsadida kuchlar cheklangan muddatga yuboriladi.
qozog‘iston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/08/22103762_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6b96baecfae7a0d8b1e52ce4d9504a3c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
lukashenko nazarbayev telefon orqali muloqot qildi
lukashenko nazarbayev telefon orqali muloqot qildi
Lukashenko va Nazarboyev telefon orqali muloqot qildi
02:38 08.01.2022 (yangilandi: 21:48 09.01.2022) Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. 7-yanvar, juma kuni kechqurun Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda
Sputnik Belarus mamlakat prezidenti matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
Ular Qozog‘istondagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Qozog‘istonda tartibsizliklar boshlanganidan beri Nursulton Nazarboyev haqida hech qanday xabarlar bo‘lmadi.
Oxirgi marta u Yangi yil oldidan - dekabr oyi oxirida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDH sammitida OAVlar oldida ko‘rinish bergandi.
5 yanvardan boshlab Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashiga rahbarlik qilmoqda – avval bu lavozimda Nazarboyev faoliyat olib borardi va u umrining oxirigacha mazkur lavozim vakolatlariga ega edi.
Qozog‘istondagi tartibsizliklar
Qozog‘istonda ommaviy norozilik namoyishlari 2022-yilning dastlabki kunlarida boshlandi. O‘shanda mamlakat g‘arbidagi Janaozen va Oqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi chiqdi, keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga ham tarqaldi. Olma-Otada 4 va 5-yanvar kunlari kuchishlatar tizim xodimlari bilan to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, politsiya gaz va shovqinli granatalardan foydalandi. Qozog‘iston bo‘ylab internet o‘chirildi, bir qator telekanallarning translyatsiyasi vaqtincha to‘xtatildi. 19-yanvarga qadar butun Qozog‘iston hududida favqulodda holat joriy etildi.
5 yanvar kuni ertalab prezident Qasim-Jomart Toqayev hukumatni iste’foga chiqardi va respublika Xavfsizlik kengashiga rahbarlik qildi. birinchi yig‘ilishda u Qozog‘istondagi vaziyatni “davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi” deb atadi va “terrorchilik xavfini yengish” uchun KXShTdan yordam so‘raganini aytdi.
KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi Toqayevning murojaati munosabati bilan Qozog‘istonga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni yuborish to‘g‘risida qaror qildi. Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va normallashtirish maqsadida kuchlar cheklangan muddatga yuboriladi.