Talabalarga qishki ta’til uzaytirildi

© Sputnik / Ilya Averyanov / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2022
Obuna bo‘lish
OTM talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirildi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. OTM talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berishicha, 24-yanvarga qadar moliyaviy mustaqillikka erishgan hamda kredit-modul tizimiga o‘tgan barcha OTMlar rahbariyati va professor-o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar olib boriladi. Ta’til muddati shu sabab uzaytirildi.
Talaba-o‘quvchilarga o‘z uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 % miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi.
2022 yilning 11-yanvarigacha bo‘lgan muddatga xarid qilingan avia va temir yo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.
Yangiliklar lentasi
0