Navoiyda oltin qazib olayotgan 5 kishini qum bosib qoldi

© Unsplash / Paolo ChiabrandoLopata. Illyustrativnoe foto
Lopata. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2022
Obuna bo‘lish
Navoiyda 5 nafar buxorolikni noqonuniy oltin qazib olish vaqtida tosh-qum massasi bosib qoldi va ular vafot etdi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. 23 dekabr kuni soat 23:30 larda Konimex tumani Karakata OFYning cho‘l hududidagi “Lolazor” nomi bilan ataluvchi konida tarkibida oltin zarralari bo‘lishi mumkin bo‘lgan kumlarni noqonuniy kavlab olish bilan shug‘ullanuvchi bir guruh fuqarolarni tosh-qum massasi bosib qoldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Voqea joyiga viloyat FVBning kuch va vositalari hamda FVDTga kiruvchi xizmatlar yetib bordi. Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida Buxoro viloyatidan bo‘lgan 5 nafar fuqaroning jasadlari topildi va sud-tibbiy ekspertizasini o‘tkazish maqsadida, Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga yuborildi.
Hodisa oqibatlarini bartaraf etishga 5 ta texnika va 63 nafar xodim hamda ishchi-xizmatchi jalb etildi.
Yuz bergan favqulodda vaziyat bo‘yicha Navoiy viloyati IIB, Konimex tuman IIB TTG xodimlari va Konimex tumani prokuraturasi surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0