Qozog‘istondagi tartibsizliklar: 8 nafar politsiyachi va Milliy gvardiya askari halok bo‘ldi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Kazaxstane na fone protestov
Situatsiya v Kazaxstane na fone protestov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istondagi tartibsizliklar vaqtida 8 nafar politsiyachi va Milliy gvardiya askari halok bo‘ldi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar vaqtida 8 nafar politsiyachi va Milliy gvardiya askari halok bo‘ldi, yana 317 nafari jarohatlandi, deb xabar bermoqda mahalliy nashrlar mamlakat IIVga asosan.

Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi suyultirilgan neft gazi narxining ikki baravar oshishiga qarshi namoyishlarga chiqishdi. Energetika vazirligi 1-yanvardan boshlab elektron birja savdolarida talab va narxlar yetkazib berish asosida shakllana boshlagani bilan izohladi.
Toqayev vaziyatni o‘rganish uchun komissiya tuzish haqida topshiriq berdi. 4-yanvar kuni hukumat namoyishchilarning asosiy talabini - gaz narxini pasaytirishni bajarishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Shunga qaramay, namoyishlar boshqa shaharlarga ham tarqaldi.
Respublikada internet va messenjerlar faoliyati cheklandi. Prezident Olmaota, Olmaota va Mang‘istau viloyatlarida favqulodda holat joriy qildi. U yerda komendantlik soati joriy etildi, ommaviy tadbirlar va harakat cheklandi.
Yangiliklar lentasi
0