Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalari tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNovaya shkola radom s novostroykami novogo rayona Sergeli
Novaya shkola radom s novostroykami novogo rayona Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Hukumat qarori bilan Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyati uy-joydan foydalanishda qulay va xafsiz sharoitlarni yaratish, umumiy mol-mulkni saqlash va undan foydalanish uchun zarur xizmatlar va ishlarni qamrab oladi.
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi uyga kirish qismida quyidagi ma’lumotlarni doimiy joylashtirib borishi shart:
boshqarish organining nomi, manzili, telefoni, ish tartibi, veb-sayti;
kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarniing aloqa telefonlari;
ta’mirlash ishlari vaqti;
majburiy badal, ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov miqdori.
Boshqarish organi avariya vaziyatlarini bartaraf etadigan 24 soat ishlaydigan avariya-dispetcherlik xizmatini tashkil etishi kerak.
Bunda avariya-dispetcherlik xizmati mulkdorlarning qo‘ng‘iroqlariga 3 minutdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda javob berishi lozim.
Shuningdek, xonadonlardagi kanalizatsilar tiqilib qolganida va ifloslanish holatlari bo‘lganida bu holatlar 2 soatda bartaraf etilishi kerak.
Sovuq, issiq suv, issiqlik va elektr ta’minoti va kanalizatsiya avariyaviy shikastlanganda bu holatlar 3 kunda bartaraf etiladi.
Yangiliklar lentasi
0