https://oz.sputniknews.uz/20220105/gaymoritga-chalinmaslik-uchun-nima-qilish-kerak---shifokor-tavsiyasi-22072584.html
Gaymoritga chalinmaslik uchun nima qilish kerak - shifokor tavsiyasi
Gaymoritga chalinmaslik uchun nima qilish kerak - shifokor tavsiyasi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi navbatda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish kerak: chiniqish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kerak.
2022-01-05T07:15+0500
2022-01-05T07:15+0500
2022-01-05T07:15+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vaziri
shifokorlar tavsiyasi
shifokor
sog‘liq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/10/21372266_0:180:2000:1305_1920x0_80_0_0_39ef136911306c843f6e3a47d36ceb9b.jpg
TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Kuz-qish mavsumida eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri - gaymoritdan saqlanish uchun nima qilish kerak? Ushbu masalada Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati gaymorit kasalligiga tashxis qo‘yish va davolash, uning oldini olishga doir savollar bilan oliy toifali shifokor Ravshanbek UMAROVga murojaat qildi. — Gaymoritning surunkali va o‘tkir turlari qanday farqlanadi? — Kasallikning 2 oydan ortiq davom etishi uning surunkali tus olganini bildiradi. Surunkali gaymoritning (kataral, yiringli, polipli, kistali, yiring-polip-kistal, atrofik-nekrotik, odontogen va aralash) kabi bir necha turlari bor. Ushbu xastalikning o‘tkir turini o‘z vaqtida davolamaslik ko‘pgina hollarda surunkali turga aylanishiga sabab bo‘ladi. — Kasallikka qanday tashxis qo‘yiladi va davolanadi? — Gaymoritni to‘g‘ri davolash uchun, eng avvalo, unga aniq tashxis qo‘yish zarur. Buning uchun bemorning shikoyatini va xastalik rivojlanishini to‘liq o‘rganish lozim. Shuningdek, burun ichini sinchiklab ko‘rish, atrofini paypaslash, kompyuter tomografiya tekshiruvini qo‘llash, punksiya amalga oshiriladi. Kasallikni konservativ, ya’ni dori-darmonlar bilan yoki operativ davolash mumkin. Xususan, o‘tkir gaymoritlar odatda konservativ (antibiotiklar, burun tomchilari, burunni Proyes usulida yuvish, punksiya qilish) orqali muolaja qilinadi. Agar xastalik ko‘z yoki miyaga asorat bersa, operatsiya qilish lozim bo‘ladi. Surunkali gaymoritlarning kataral hamda yiringli turlari konservativ, qolgan barcha turlari esa operativ (endoskopik mikrojarrohlik) tarzda davolanadi. — Xastalikning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish lozim? — Eng birinchi galda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish kerak. Xususan, organizmni chiniqtirish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, sovqotishdan saqlanish, burundan nafas olish qiyinligini o‘z vaqtida bartaraf etish, stomatolog ko‘rigidan o‘tib turish, sovuq havoda bosh kiyimsiz ko‘chaga chiqmaslik, shamollash va grippni o‘z vaqtida davolash gaymoritdan saqlanishda katta yordam beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/10/21372266_10:0:1991:1486_1920x0_80_0_0_2bd4e186e7d4ee2c0d9ba47713cf271d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gaymorit sog‘lom turmush tarzi chiniqish jismoniy tarbiya shifkor maslahat sog‘liq
gaymorit sog‘lom turmush tarzi chiniqish jismoniy tarbiya shifkor maslahat sog‘liq
Gaymoritga chalinmaslik uchun nima qilish kerak - shifokor tavsiyasi
Gaymoritga chalinmaslik uchun birinchi navbatda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish kerak: chiniqish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kerak.
TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Kuz-qish mavsumida eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri - gaymoritdan saqlanish uchun nima qilish kerak?
Ushbu masalada Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati gaymorit kasalligiga tashxis qo‘yish va davolash, uning oldini olishga doir savollar bilan oliy toifali shifokor Ravshanbek UMAROVga murojaat qildi.
— Gaymoritning surunkali va o‘tkir turlari qanday farqlanadi?
— Kasallikning 2 oydan ortiq davom etishi uning surunkali tus olganini bildiradi. Surunkali gaymoritning (kataral, yiringli, polipli, kistali, yiring-polip-kistal, atrofik-nekrotik, odontogen va aralash) kabi bir necha turlari bor. Ushbu xastalikning o‘tkir turini o‘z vaqtida davolamaslik ko‘pgina hollarda surunkali turga aylanishiga sabab bo‘ladi.
— Kasallikka qanday tashxis qo‘yiladi va davolanadi?
— Gaymoritni to‘g‘ri davolash uchun, eng avvalo, unga aniq tashxis qo‘yish zarur. Buning uchun bemorning shikoyatini va xastalik rivojlanishini to‘liq o‘rganish lozim. Shuningdek, burun ichini sinchiklab ko‘rish, atrofini paypaslash, kompyuter tomografiya tekshiruvini qo‘llash, punksiya amalga oshiriladi. Kasallikni konservativ, ya’ni dori-darmonlar bilan yoki operativ davolash mumkin.
Xususan, o‘tkir gaymoritlar odatda konservativ (antibiotiklar, burun tomchilari, burunni Proyes usulida yuvish, punksiya qilish) orqali muolaja qilinadi. Agar xastalik ko‘z yoki miyaga asorat bersa, operatsiya qilish lozim bo‘ladi.
Surunkali gaymoritlarning kataral hamda yiringli turlari konservativ, qolgan barcha turlari esa operativ (endoskopik mikrojarrohlik) tarzda davolanadi.
— Xastalikning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish lozim?
— Eng birinchi galda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish kerak. Xususan, organizmni chiniqtirish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, sovqotishdan saqlanish, burundan nafas olish qiyinligini o‘z vaqtida bartaraf etish, stomatolog ko‘rigidan o‘tib turish, sovuq havoda bosh kiyimsiz ko‘chaga chiqmaslik, shamollash va grippni o‘z vaqtida davolash gaymoritdan saqlanishda katta yordam beradi.