Endi "zagranpasport"ni DXMda ham olish mumkin

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZagranpasport grajdanina Uzbekistana
Zagranpasport grajdanina Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2022
Obuna bo‘lish
Xorijga chiqish pasportini endilikda davlat xizmatlari markazlarida ham olish mumkin.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. 2022 yil 1-yanvardan boshlab bir qator xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilangan. Bu haqda DXA matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshiriladi. Bunda, O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravarini (270 ming so‘m) tashkil etadi (avval BHMning 1,2 baravari bo‘lgan).
Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati joriy etilgan Davlat xizmatlari markazlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
2022 yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich barcha Davlat xizmatlari markazlarida ushbu imkoniyatni yaratish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0