https://oz.sputniknews.uz/20220104/zorma-zoraki-nima-uchun-bolani-ovqat-eyishga-majburlash-kerak-emas-22077440.html
Zo‘rma-zo‘raki: nima uchun bolani ovqat yeyishga majburlash kerak emas
Zo‘rma-zo‘raki: nima uchun bolani ovqat yeyishga majburlash kerak emas
Sputnik O‘zbekiston
Oilada to‘g‘ri ovqatlanish, bolaga to‘g‘ri ovqatlanish odatini o‘rgatish uchun nima qilish kerak? Sputnik tajribali pedagog, psixiolog va shifokor bilan maslahatlashdi.
2022-01-04T22:30+0500
2022-01-04T22:30+0500
2022-01-04T22:30+0500
jamiyat
shifokorlar tavsiyasi
shifokor
foydali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0e/17744930_0:0:1481:833_1920x0_80_0_0_d4b77c87d45016593b9cb9c19f0ee308.jpg
TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. So‘nggi vaqtlarda yosh bolalar orasida ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolar, afsuski ko‘plab uchramoqda. Bolalar orasida nosog‘lom semizlik holatlari, ayrim mahsulotlarga nisbatan qabul qila olmaslik kabi holatlar ham juda ko‘p uchramoqda. Ushbu va boshqa muammolar borasida izoh olish maqsadida Sputnik bir necha mutaxassislar, jumladan tajribali pedagog Olga Korovyakova , psixiolog Sofya Safonova va shifokor Aida Shiman bilan maslahatlashdi.Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yosh bolani ovqat yeyishga majburlash oqibatlari turlicha bo‘lishi mumkin, birinchi navbatda ularning o‘zlari yoshligida ota-onalari, buvi-buvalari tomonidan majburlangan bo‘lishi mumkin.Ikkinchidan ota-ona o‘z burchini yaxshi bajarishning bir qismi bu - bolani yaxshi ovqatlantirish deb hisoblashi ham sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bola biroz oriq bo‘lsa, - deydi psixiolog Safonova. Bolaga 2 yoshdan boshlab "semizlik" diagnozi qo‘yish mumkin. Shunga qarab ota-onalar ratsionni o‘zgartirishlari mumkin, - deydi shifokor. - Hatto gapirolmaydigan go‘dak ham ovqat yeyishni istamasa buni namoyish qilishni biladi: boshqa tomonga o‘girilib olishi, og‘zini ochmasligi yoki qayt qilishi mumkin, - deydi shifokor Shiman. Ota-onalarning zararli odatlari - to‘g‘ri bolalarga o‘tadi. Shuni uchun aksariyat hollarda bolani davolash butun oilani davolashdan boshlanadi. Shuni uchun agar o‘zingizda biror zararli odatni payqasangiz, undan darhol xalos bo‘lishga harakat qiling. Bolaga o‘tmasdan oldin. Shuningdek bolaga mukofot sifatida faqat biror yegulikni doim taqdim etish ham kelajakda noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bolani biror mazali taom bilan siylash, albatta mumkin, lekin bu mukofotlashning yagona uslubi bo‘lmasligi kerak, - deydi psixiolog. Undan tashqari biror mahsulotni mutlaq ta’qiqlash ham - buning aksiga olib kelishi mumkin. Masalan - ayrim sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari bo‘lgan ota onalar bolag shirinlikni mutlaq ta’qiqlash holatlari uchrab turadi. Har qanday ta’qiqi kelajakda mutlaq aks natijaga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Shirinlikni cheklangan miqdorda bo‘lsada bolaga berib turish kerak. Ota-onalar quyidagilarni unutmasligi kerak: Har bir bora individual shaxs. Uning ovqat yeyish istaklari, miqdori boshqalardan mutlaq farq qilishi mumkin. Shuni o‘rganishga harakat qiling. kerak bo‘lsa shifokor yoki diyetologga uchrashing. Tarbiyaning o‘zingizdan boshlang. Oilada to‘g‘ri ovqatlanish tartibini yo‘lga qo‘ying. O‘shanda bolani ham to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish oson bo‘ladi. Bolani jarayonga jalb qiling. Bolani oziq-ovqat xarid qilish va ovqat pishirish jarayoniga jalb qiling. Imkon qadar unga har bir mahsulot xususiyatlarini tushuntirib o‘ting. O‘shanda bola ovqatlanish jarayoniga tushunibroq yondashadi.Birgalikda oilaviy ovqatlanish. Kunida kamida bir marotaba barcha oila a’zolari birga o‘trib ovqatlanishlari kerak. Hozirgi zmonda bu tobora murakkab bo‘lib bormoqda. Lekin bu oila va bola tarbiyasi uchun, ovqatlanish madaniyatini o‘rganish uchun juda kerakli. Gadjetlar, televizor bo‘lmasligi kerak. Ovqatlanish vaqtida boshqa ish bilan shug‘ullanmaslik kerak. Masalan televizor, telefon ekraniga qarab ovqatlanish - organizmda noto‘g‘ri fiziologik jarayonlar sodir bo‘lishiga olib kelishi, to‘qlik hisini sezmaslik, ko‘p ovqat yeyish, ovqat hazm bo‘lmasligi va boshqa ko‘plab nosog‘lom holatlarga olib kelishi mumkin. Haddan ortiq qoidalarga amal qilish yoki qilmaslik. Sog‘lom turmush tarziga qiziquvchan ota-onalar ovqatlanish qoidalariga ba’zan haddan ortiq berilib ketishadi. Ular kunlik kaloriyalarni hisoblash, non, shakar va boshqa mahsulotlardan mutlaq voz kechish kabi cheklovlarni nafaqat o‘zlariga balkim bolalariga ham zo‘rma-zo‘raki o‘tkaza boshlaydilar. Bu albatta bolaning oshqozoniga bo‘lmasa ham ruhiy holatiga ta’sir o‘tkazadi. Tarozining ikkinchi tomonida, qoidalarni mutlaq tan olmay hammasini o‘z holga tashlab qo‘yadigan ota-onalar turadi. Ular bola istaganicha chips, gazli ichimliklar va shirinliklar yeyishi, yoki bola nima tanovul qilayotganiga mutlaq befarq bo‘lishlari mumkin. Bu albatta bolaning sog‘lig‘iga katta zarar yetkazishi mumkin. Agar bolangizni yaxshi ko‘rsangiz hech qachon bunday qilmang. Buning uchun kelajakda u sizga rahmat aytmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0e/17744930_124:0:1415:968_1920x0_80_0_0_e1c417a8ca15e823833fbde15115dbc6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oila to‘g‘ri ovqatlanish, bolaga ovqatlanish odat tajribali pedagog psixiolog shifokor maslahat
oila to‘g‘ri ovqatlanish, bolaga ovqatlanish odat tajribali pedagog psixiolog shifokor maslahat
Zo‘rma-zo‘raki: nima uchun bolani ovqat yeyishga majburlash kerak emas
Oilada to‘g‘ri ovqatlanish, bolaga to‘g‘ri ovqatlanish odatini o‘rgatish uchun nima qilish kerak? Sputnik tajribali pedagog, psixiolog va shifokor bilan maslahatlashdi.
TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. So‘nggi vaqtlarda yosh bolalar orasida ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolar, afsuski ko‘plab uchramoqda. Bolalar orasida nosog‘lom semizlik holatlari, ayrim mahsulotlarga nisbatan qabul qila olmaslik kabi holatlar ham juda ko‘p uchramoqda.
Ushbu va boshqa muammolar borasida izoh olish maqsadida Sputnik bir necha mutaxassislar, jumladan tajribali pedagog Olga Korovyakova , psixiolog Sofya Safonova va shifokor Aida Shiman bilan maslahatlashdi.
Ota onalardan "hammasini yeb qo‘y", "ozgina qolibdi shuni yeb qo‘y", "ovqat yemasang katta bo‘lmaysan" kabi gaplarni tez-tez eshitish mumkin. Ayrimlar hatto turli jazo berish bilan qo‘rqitishlar ham bo‘ladi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yosh bolani ovqat yeyishga majburlash oqibatlari turlicha bo‘lishi mumkin, birinchi navbatda ularning o‘zlari yoshligida ota-onalari, buvi-buvalari tomonidan majburlangan bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan ota-ona o‘z burchini yaxshi bajarishning bir qismi bu - bolani yaxshi ovqatlantirish deb hisoblashi ham sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bola biroz oriq bo‘lsa, - deydi psixiolog Safonova.
Bolaga 2 yoshdan boshlab "semizlik" diagnozi qo‘yish mumkin. Shunga qarab ota-onalar ratsionni o‘zgartirishlari mumkin, - deydi shifokor. - Hatto gapirolmaydigan go‘dak ham ovqat yeyishni istamasa buni namoyish qilishni biladi: boshqa tomonga o‘girilib olishi, og‘zini ochmasligi yoki qayt qilishi mumkin, - deydi shifokor Shiman.
Bolaning biror muayan taom, sok, pechenga, chips qiziqib uni ko‘p iste’mol qilishi ham so‘nggi vaqtlarda ko‘p uchraydigan muammo. Afsuski bu - reklamaning oqibati. "Reklama hayot tarzini belgilaydi" degan gapda jon bor. Ota-ona yoki bolaing o‘zi biror mahsulot reklamasini tez-tez ko‘rib tursa ayrim mahsulotni (odatda shakarli yoki boshqa kimoviy qo‘shimchalar bor) haddan ortiq miqdorla iste’mol qilishi mumkin, - deydi pedagog Korovyakova.
Ota-onalarning zararli odatlari - to‘g‘ri bolalarga o‘tadi. Shuni uchun aksariyat hollarda bolani davolash butun oilani davolashdan boshlanadi. Shuni uchun agar o‘zingizda biror zararli odatni payqasangiz, undan darhol xalos bo‘lishga harakat qiling. Bolaga o‘tmasdan oldin.
Shuningdek bolaga mukofot sifatida faqat biror yegulikni doim taqdim etish ham kelajakda noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bolani biror mazali taom bilan siylash, albatta mumkin, lekin bu mukofotlashning yagona uslubi bo‘lmasligi kerak, - deydi psixiolog.
Undan tashqari biror mahsulotni mutlaq ta’qiqlash ham - buning aksiga olib kelishi mumkin. Masalan - ayrim sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari bo‘lgan ota onalar bolag shirinlikni mutlaq ta’qiqlash holatlari uchrab turadi. Har qanday ta’qiqi kelajakda mutlaq aks natijaga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Shirinlikni cheklangan miqdorda bo‘lsada bolaga berib turish kerak.
Ota-onalar quyidagilarni unutmasligi kerak:
Har bir bora individual shaxs. Uning ovqat yeyish istaklari, miqdori boshqalardan mutlaq farq qilishi mumkin. Shuni o‘rganishga harakat qiling. kerak bo‘lsa shifokor yoki diyetologga uchrashing.
Tarbiyaning o‘zingizdan boshlang. Oilada to‘g‘ri ovqatlanish tartibini yo‘lga qo‘ying. O‘shanda bolani ham to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish oson bo‘ladi.
Bolani jarayonga jalb qiling. Bolani oziq-ovqat xarid qilish va ovqat pishirish jarayoniga jalb qiling. Imkon qadar unga har bir mahsulot xususiyatlarini tushuntirib o‘ting. O‘shanda bola ovqatlanish jarayoniga tushunibroq yondashadi.
Birgalikda oilaviy ovqatlanish. Kunida kamida bir marotaba barcha oila a’zolari birga o‘trib ovqatlanishlari kerak. Hozirgi zmonda bu tobora murakkab bo‘lib bormoqda. Lekin bu oila va bola tarbiyasi uchun, ovqatlanish madaniyatini o‘rganish uchun juda kerakli.
Gadjetlar, televizor bo‘lmasligi kerak. Ovqatlanish vaqtida boshqa ish bilan shug‘ullanmaslik kerak. Masalan televizor, telefon ekraniga qarab ovqatlanish - organizmda noto‘g‘ri fiziologik jarayonlar sodir bo‘lishiga olib kelishi, to‘qlik hisini sezmaslik, ko‘p ovqat yeyish, ovqat hazm bo‘lmasligi va boshqa ko‘plab nosog‘lom holatlarga olib kelishi mumkin.
Haddan ortiq qoidalarga amal qilish yoki qilmaslik. Sog‘lom turmush tarziga qiziquvchan ota-onalar ovqatlanish qoidalariga ba’zan haddan ortiq berilib ketishadi. Ular kunlik kaloriyalarni hisoblash, non, shakar va boshqa mahsulotlardan mutlaq voz kechish kabi cheklovlarni nafaqat o‘zlariga balkim bolalariga ham zo‘rma-zo‘raki o‘tkaza boshlaydilar. Bu albatta bolaning oshqozoniga bo‘lmasa ham ruhiy holatiga ta’sir o‘tkazadi.
Tarozining ikkinchi tomonida, qoidalarni mutlaq tan olmay hammasini o‘z holga tashlab qo‘yadigan ota-onalar turadi. Ular bola istaganicha chips, gazli ichimliklar va shirinliklar yeyishi, yoki bola nima tanovul qilayotganiga mutlaq befarq bo‘lishlari mumkin. Bu albatta bolaning sog‘lig‘iga katta zarar yetkazishi mumkin. Agar bolangizni yaxshi ko‘rsangiz hech qachon bunday qilmang. Buning uchun kelajakda u sizga rahmat aytmaydi.