Qozog‘istondagi noroziliklarga nima sabab bo‘ldi?

© Sputnik / Kamshat Abdirayim Miting v Aktau
Miting v Aktau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2022
Obuna bo‘lish
Mang‘istau viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha hukumat komissiyasi ish olib bormoqda.
TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida norozilik namoyishlari davom etmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.
Bugun ertalab Aqtauda gaz narxi oshgani sababli mitinglar o‘tkaziladigan joyda – Intimak maydonida 500 ga yaqin odam bor edi. Namoyishchilar uchun markaziy maydonda ulkan o‘tov tikilgan. Uning ichida namoyishchilarga issiq, choy, non, somsa bo‘g‘irsoq va boshqa taomlar tarqatish tashkil qilingan. Tunda ayollar va qariyalar uchun adollar tarqatilgan.
© Sputnik / Kamshat Abdirayim Miting v Aktau
Miting v Aktau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2022
Miting v Aktau

Vaziyat yechimi qidirilmoqda

Ayni damda vaziyat Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev ham nazorat ostiga olgan. U Hukumat maxsus komissiyasiga vaziyatni qonun doirasida hal qilishni topshirgan.
"Komissiyaga mamlakatimizdagi barqarorlik manfaatlaridan kelib chiqqan holda muammoning o‘zaro maqbul yechimini topish topshirildi. Huquq-tartibot organlariga jamoat tartibini buzilmasligini ta’minlash topshirildi. Namoyishchilar mas’uliyat va muloqotga tayyor bo‘lishlari kerak", — deb yozdi o‘z Twitterida Toqayev.
Kecha Mangistau viloyati hokimi Nurlan Nogayev gaz narxi oshishidan norozi bo‘lgan avtomobil egalari bilan kechki soat o‘n birlar atrofida uchrashdi. U yig‘ilganlarga prezident Tokayev topshirig‘iga ko‘ra suyultirilgan gaz narxini pasaytirish bo‘yicha hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tushuntirdi.
Korporativ ijtimoiy mas’uliyat doirasida viloyatdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari egalari gaz narxini 120 tangadan 85-90 tengega tushirishga qaror qilishdi. Yig‘ilishda Energetika vazirligi va Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi vakillari ham ishtirok etdi.
© Sputnik / Kamshat Abdirayim Miting v Aktau
Miting v Aktau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2022
Miting v Aktau

Norozilik sabablari

Eslatib o‘tamiz, yangi yildan so‘ng darhol Mang‘istau viloyatida gaz narxining keskin oshishi sababli norozilik namoyishlari boshlangan edi. Norozilik aksiyalar viloyatning Janao‘zen, Qurik, Oqshukur, Aqtau va boshqa aholi punktlarida bo‘lib o‘tdi.
Norozilik sababi - 1-yanvardan boshlab suyultirilgan gaz narxining 60 tengedean 120 tengegacha ko‘tarilishi bo‘ldi. Namoyishchilar narxlarni 50-60 tangaga tushirishni talab qilishmoqda.
© Sputnik / Kamshat Abdirayim Miting v Aktau
Miting v Aktau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2022
Miting v Aktau
Qozog‘iston Energetika vazirligining tushuntirishicha, gaz narxi endi talab va taklifga muvofiq bozorning o‘zi tomonidan shakllantiriladi. Hokimiyat gaz narxini tartibga solishda ishtirok etmaydi, chunki bu mahsulot raqobat muhitiga tegishli. Gaz narxi birjada shakllanadi.
Shu bilan birga, tadbirkorlar tomonidan narxlarni asossiz oshirib yuborish holatlari aniqlangan taqdirda Raqobatni himoya qilish agentligi departamenti tomonidan ma’muriy choralar ko‘riladi, - deyilgan xabarda.
© Sputnik / Kamshat Abdirayim Miting v Aktau
Miting v Aktau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2022
Miting v Aktau
Yangiliklar lentasi
0