Minecraftda Registon maydonining nusxasi yaratildi - video

© pkmncarRegistan, Medrese Sherdor v Minecraft
Registan, Medrese Sherdor v Minecraft - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2022
Obuna bo‘lish
Minecraftda Registon maydonining to‘liq nusxasi yaratildi. Buning uchun 1-yil vaqt va 15 million dona blok kerak bo‘ldi.
TOShKENT, 4 yanv – Sputnik. Dunyoda eng ommaviy o‘yinlardan biri bo‘lgan Minecraft o‘yini platformasida Pkmncar nikli foydalanuvchi Registon maydonining to‘liq nusxasini yaratdi.
“Bir yil vaqt va 15 million blokdan so‘ng, vanihoyat u tayyor bo‘ldi. Kutib oling Registon maydoni, Samarqand, O‘zbekiston”, - deb izoh qoldirgan foydalanuvchi.
Minecraft – shvetsiyalik dasturchi Markus Persson tomonidan 2009-yilda yaratilgan kompyuter o‘yini. Dastlab 2009-yilda paydo bo‘lgan. Hozirgi kunda barcha platformalarda mavjud: Windows, Android, Apple, Linux, Xbox, Nintendo i drugie. Minecraft so‘zini – “qazib olish” va “yasash” deb tarjima qilish mumkin. O‘yinda ishtirokchilar turli buyumlar yasashi, uylar, qurishi mumkin. Shuningdek turli dunyolar yaratish va jamoalar tuzish bir biriga hujum qilish ham mumkin.
Bugungi kunda Minecraft insoniyat tarixida eng ko‘p sotilgan (200 mln. dona) va YouTube platformasida eng ko‘p tomosha qilingan (1 trln.) kompyuter o‘yini bo‘ldi.
Ushbu platformada Registon maydoning paydo bo‘lishi, dunyoning turli burchaklarida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni orttiradi va kelajakda ehtimol sayyolar oqimini oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0