Mang‘istau viloyatida gaz narxi tushiriladi

© Sputnik / Kamshat Abdirayim Miting v Aktau
Miting v Aktau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida norozilik namoyishlari tufayli suyultirilgan gaz narxi 50 tengegacha tushirildi.
TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida gaz narxi 50 tengega tushiriladi. Bu haqida Sputinik Qozog‘iston xabar qilmoqda.
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Yerali Tugjanov Aqtau shahar markazida to‘plangan namoyishchilar oldiga chiqib, viloyatdagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha tuzilgan hukumatning maxsus komissiyasi qarorini o‘qib berdi.

Unda aytilishiga ko‘ra, Mang‘istau viloyatida suyultirilgan gaz narxi 1 litr uchun 50 tengega tushiriladi. Bu "Qazmұnagaz" AJ ijtimoiy javobgarligi doirasida amalga oshiriladi.

Shuningdek, hukumat komissiyasi Aqtau va boshqa shaharlarda gaz narxi oshishi munosabati bilan norozilik namoyishlariga chiqqan fuqarolarni javobgarlikka tormaslikni va’da beradi. Tomonlar kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan masalalarni konstruktiv suhbat asosida hal qilishga kelishib olishdi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev ertaga 5-yanvar kuni mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yuzasidan majlis o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, yangi yildan suyultirilgan gaz narxi 50 tengedan 120 tengegacha keskin ko‘tarilib ketishi Mangistau viloyatining Janaozen, Qurik, Oqshukur va Aqtau shaharlarida odamlar noroziligiga sabab bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0