https://oz.sputniknews.uz/20220104/buxoroda-yangi-ies-ishga-tushdi---video-22077099.html
Buxoroda yangi IES ishga tushdi - video
Buxoroda yangi IES ishga tushdi - video
Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushdi. U yaqin2-3 kun ichida O‘zbekiston yagona elektr tarmog‘iga ulanadi.
2022-01-04T18:34+0500
2022-01-04T18:34+0500
2022-01-04T18:34+0500
iqtisod
energetika
buxoro
elektr energiyasi
energetika vazirligi
ies
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/04/22077069_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_4ebb7a204ceb4f9ac0a9d4a4346c1664.jpg
TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu issiqlik elektr stansiyasi Buxoro viloyatida birinchisi hisoblanadi. Stansiya yiliga 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Yangi stansiya Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi bilan hamkorlikda davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan. IES gaz-porshenli qurilmalar asosida ishlaydi va yiliga 260 million metr kub tabiiy gaz tejaladi, deyilgan xabarda. Qurilish jarayonida 500 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritgan bo‘lsa, loyiha ishga tushishi natijasida, tumanda 100 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/04/22077069_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_e285013eafe039e3866b17c610e9d6f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buxoro yangi issiqlik elektr stansiyasi
buxoro yangi issiqlik elektr stansiyasi
Buxoroda yangi IES ishga tushdi - video
Buxoroda yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushdi. U yaqin2-3 kun ichida O‘zbekiston yagona elektr tarmog‘iga ulanadi.
TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Ayni damda ushbu stansiyani O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Yaqin 2-3 kun ichida tarmoqqa quvvat uzatishni boshlaydi, - deyilgan xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu issiqlik elektr stansiyasi Buxoro viloyatida birinchisi hisoblanadi. Stansiya yiliga 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Yangi stansiya Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi bilan hamkorlikda davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan. IES gaz-porshenli qurilmalar asosida ishlaydi va yiliga 260 million metr kub tabiiy gaz tejaladi, deyilgan xabarda.
Qurilish jarayonida 500 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritgan bo‘lsa, loyiha ishga tushishi natijasida, tumanda 100 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.