Shaxmat tojini ham O‘zbekistonga olib kelamiz – chempion

Obuna bo‘lish
Milliy Olimpiada qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimda Nodirbek Abdusattorov kelgusida shaxmat tojini ham O‘zbekistonga olib kelishni va’da berdi.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida Shaxmatning rapid turib bo‘yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovga “mard o‘g‘lon” medali, Toshkentda 2-xonali uy kaliti va 250 million so‘m pul mukofoti topshirildi.
"Mening muvaffaqiyatimga e’tibor qaratganingiz uchun o‘zimning chuqur minnatdorligimni bildiraman, birinchi navbatda prezidentimizga ham. Bizo‘ga ko‘rsatilayotgan e’tibordan, biz shaxmatchilar juda xursandmiz.
Ishontirib aytamanki, bu g‘alabamiz endi boshlanishi. G‘alabalar bardavom bo‘ladi va kelgusida biz shaxmat tojini ham O‘zbkistonga olib kelamiz", - dedi Nodirbek Abdusattorov.
Ushbu tantanda chempionning otasi ham so‘zga chiqib, bugun O‘zbekistonda o‘zini eng baxtli ota deb his qilayotganini aytdi va Nodirbek Samarqand viloyatidan oddiy o‘qituvchi oilasidan ekanini aytib o‘tdi va o‘g‘lining muvaffaqiyatidan g‘oyatda mamnun ekanini ta’kidladi.
Marosimda, shuningdk Nodirbekning murabbiylari Jahongir Vohidov hamda marhum Dmitriy Qayumovning oilasi 100 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0