Kuchli tuman tufayli ayrim aeroportlarida parvozlar kechiktirildi

© Uzbekistan AirportsTuman v aeroportu
Tuman v aeroportu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2022
Obuna bo‘lish
Nukus va Urganch shahar aeroportlarida ko‘rish cheklangani tufayli samolyotlar parvozi kechiktirildi.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Kuchli tumayn tufayli O‘zbekistonning ayrim shaharlari aeroportlarida parvozlar kechiktirildi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.
Bugun tunda Urganch va Nukus aeroportlarida yomon ob-havo natijasida ko‘rish imkoniyati yomonlashgani munosabati bilan samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmadi.
Quyuq tuman tufayli Urganch aeroportida - ko‘rish imkoniyati 200 metr, Moskvadan AFL-1976 qatnovini bajarayotgan samolyot soat 03:25da Sheremetyevo aeroportidan ucha olmadi.
Huddi shunday holat yana ikkita qatnov: soat 04:35dagi SBI6481 Samara - Urganch qatnovi soat 03:30dagi SVR2473 qatnovi Sankt-Peterburgdan uchib keta olmadi.
Ayni damda samolyotlar ob-havo sharoti yaxshilangunga qadar uchish aeroportida qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0