Eron elchisi Tolibon*ga inklyuziv hukumat tashkil qilishni maslahat berdi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovFlag posolstva Islamskoy Respubliki Iran na Pokrovskom bulvare v Moskve.
Flag posolstva Islamskoy Respubliki Iran na Pokrovskom bulvare v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2022
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi Eron elchisi Tolibon* inklyuziv hukumat tashkil qilgan holda Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston yangi hukumatini tan olishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Tolibon inklyuziv hukumat tashkil qilmaguncha Eron ularni tan olmaydi, dedi Eronning Qobuldagi elchisi Baxador Aminian, TOLOnews telekanaliga. Sputnik Afg‘oniston xabariga asosan.
"Agar hukumat boshiga biror monoetnik guruh kelsa va u yerda boshqa etnik guruhlar bo‘lmasa - biz buni qabul qila olmaymiz. Biz Tolibion* rahbarlariga eng yaxshi niyatlarda inklyuziv hukumat tashkil qilishni maslahat bermoqdamiz.
O‘shanda Eron nafaqat toliblarni tan oladi, balkim Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo davlatlari va qator arab davlatlarini ham bunga undaydi. Aks holdan Tolibon* iqtisodiy muammolarni hal qila olmaydi. Oqibatda esa migratsiya va IShID (Rossiyada ta’qiqlangan) kuchayishiga olib keladi. Bu esa butun hududga tahdid soladi", - deydi Eron elchisi.
Tolibon* matbuot kotibi o‘rinbosari Inamulla Samangani Eron elchisining ushbu gaplarini "mamlakat ichki ishlariga aralashish" deb atadi va har bir mamlakat ushbu masalani o‘zi hal qilishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Ikkinchi Osiyo departamenti rahbari Zamir Kabulov yaqinda Sputnikka bergan intervyusida Afg‘onistonda 4ta asosiy milliy-etnik guruhlar yashashini pushtunlar (taxminan 50%), tojiklar (30%), Hazoralar (15%), qolganlar - o‘zbek, turkman millatlari yashashini va ularning barchasi hukumat boshqaruvida turli darajadai ishtirok etishi kerak, o‘shanda ushbu millatlar Afg‘onstonda o‘zini qulay his qiladi, degan edi.
"Lekin biz hech kimni yoqlamaymiz va kimni va qanday tanlashga aralashmaymiz, buni "Tolibon"* va afg‘on xalqining o‘zi hal qilishi kerak", - degani edi Rossiya TIV vakili.
Shu bilan birga Kabulov Tolibon* sekin-asta mayda qadamlar bilan inklyuziv hukumat tashkil qilishga yaqinlashayotganini ham ta’kidlab o‘tgan edi. Xususan, "yaqinda ular iqtisod vaziri lavozimiga badaxshonlik tojik, uning o‘rinbosari hazora millatiga mansub kishini tayinlashdi", - degan edi diplomat.
Zamir Kabulov bilan to‘liq intervyu bilan quyida tanishish mumkin.
* Terrorchilik faoliyati uchun BMT tomonidan ta’qiqlangan tashkilot
Yangiliklar lentasi
0