Butun Belarus Minskka ko‘chib o‘tmasligi uchun uy-joy qurishni cheklash kerak - Lukashenko

© RTAleksandr Lukashenko
Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2022
Obuna bo‘lish
Lukashenko Minskda aholi sonini haddan ortiq ko‘paytirmaslik uchun uy-joy qurilishi hajmini kamaytirishni buyurdi.
TOShKENT, 3 yanv – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko butun mamlakatni Belarus poytaxtiga "ko‘chirib kelmaslik" uchun Minskda uy-joy qurilishi hajmini kamaytirishni buyurdi, RIA Novosti xabariga asosan.

"Biz Minskda" qurilayotgan kvadrat metrlarni biroz qisqartirishga kelishib oldik. Minskda aholini ko‘paytirishning iloji yo‘q, chunki Minsk yaqinda Moskva kabi tirband shaharga aylanib qoladi. <...> Shu sababli rossiyalik birodarlarimiz tajribasini inobatga olish kerak. Butun mamlakatni Belarus poytaxtiga "ko‘chirib kelmaslik" kerak", - dedi Lukashenko.

Bu Minskda uy-joy qurilishi butunlay to‘xtatiladi, degani emas. Bu yerda ham mehnat resurslari kerak, chunki Minsk yirik sanoat shahri va hali ham poytaxt.
Shuningdek, Belarus prezidenti shahar atrofidagi bo‘sh uchastkalarni ham tezroq sotib yuborishni taklif qildi. Bunda birinchi navbatda mahalliy aholi, ushbu qishloqlarda asrlar yoki o‘nlab yillar davomida yashab kelayotganlarni "xafa qilmaslik" hamda kerakli infratuzilma uchun joy ajratishni kerakligini ta’kidladi.
Xususan, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, restoranlar, kafelar, barlar, ta’mirlash ustaxonalari - kim xohlasa. Shuning uchun bizga reja kerak. Men bir marta tasdiqlayman va siz u yerda ishni boshlaysiz. Hech qanday qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymaymiz, odamlar har bir ruxsat olish uchun alohida qatnab yurmaydi ", dedi Lukashenko.
Yangiliklar lentasi
0