Ayrim viloyat maktablarida bepul ovqat berish boshlanadi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishOrganizatsiya pitaniya v shkolax
Organizatsiya pitaniya v shkolax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2022
Obuna bo‘lish
Aprel oyidan boshlab Qoraqalpog‘iston va Xorazm maktablarining boshlang‘ich sinflarida bepul nonushta berish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respbulikasi va Xorazm viloyati maktablarining boshlang‘ich sinflarida, aprel oyidan boshlab bepul nonushta berish yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqida Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan "Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillardagi taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi" prezident qarori loyihasida aytib o‘tilgan.
Rambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi-to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilsin, - deyilgan matnda.

Bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birga 3 oy ichida Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.
Ushbu qarorda shuningdek, 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab pensiya hisoblashda ish haqqining maksimal miqdori Pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravarigacha oshirish beligilangan.
Shuningdek, ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3-yillik davrni 6 yilga oshirish va nogironligi bolalikdan bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash ham belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0