Jamiyat

Yangi yilning ilk kunida qaysi hududda eng koʻp chaqaloq dunyoga keldi

CC0 / pexels / Novorojdennыy
Novorojdennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda 2022 yilning 1 yanvar kunida 2316 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda Yangi - 2022 yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu soʻnggi besh yildagi eng yuqori koʻrsatkichdir.
Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ularning 1198 nafari oʻgʻil, 1118 nafari esa qiz bola. Dunyoga kelgan bolalarning 12 tasini ikki homilali, 1 tasini toʻrt homilali egizaklar (jami 28 nafar chaqaloq) tashkil qiladi.

“Eng koʻp tugʻilish Samarqand viloyatida (270 nafar) qayd etildi”, - deyiladi xabarda.

Hududlar kesimida ikkinchi oʻrinda Fargʻona (239), uchinchi oʻrinda Namangan (218), toʻrtinchi oʻrinda esa Surxondaryo viloyatlari (213) qayd etildi.
Qolgan hududlar kesimida quyidagicha:
Qashqadaryo (210);
Andijon (197);
Toshkent shahri (177);
Qoraqalpogʻiston (156);
Toshkent viloyati (155);
Xorazm (115);
Buxoro (113);
Jizzax (102);
Navoiy (90),
Sirdaryo (61).
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2018 yilning 1 yanvar kuni 1961 nafar, 2019 yilning shu kuni 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar hamda 2021 yilning ayni shu sanasida 1644 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
Yangiliklar lentasi
0