Jamiyat

Hukumat yaqin yillarda OTMlar sonini 200 taga yetkazishni moʻljallamoqda

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kelgusi 5 yilda Andijon viloyatida 4 ta xususiy oliygoh, Namanganda esa 7 ta oliygoh oʻz eshiklarini ochishi mumkin.
TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati 2026 yilgacha nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari sonini kamida 50 taga, oliy taʼlim muassasalari sonini 200 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu “Yangi Oʻzbekistonning 2022−2026 yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi prezident farmoni loyihasida koʻzda tutilgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 5 ta nufuzli mahalliy va xorijiy oliygohlarning filiallari tashkil etilishi kutilmoqda. Toshkent viloyatida Nurafshon davlat universiteti ochiladi. U 5 ming nafar talabaga moʻljallangan boʻladi.
Kelgusi 5 yilda Andijon viloyatida 4 ta xususiy oliygoh, Namanganda esa 7 ta oliygoh oʻz eshiklarini ochishi mumkin.
Samarqand shahrida 20 ming nafar talabaga moʻljallangan “Yoshlar shaharchasi”ni barpo etilib, unda kamida 4 ta xorijiy universitetning filial va kampuslarini joylashtiriladi.
Ayrim davlat OTMlariga kontrakt narxini mustaqil belgilash huquqi berildi
Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish ham rejada bor.
Har bir hududda oliy taʼlimga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, kamida 1 tadan nodavlat oliy taʼlim tashkiloti tashkil etilishi kutilmoqda.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda oliygohlar soni 156 taga yetgan.
Oʻzbekistonlik talabalar uchun Rossiyada kvotalar soni uch baravarga koʻpaytiriladi
2022 yilda Rossiya Oʻzbekistonda 10 tacha OTM filialini ochishni rejalashtirgan. Bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda Rossiyaning 15 ta yetakchi universitetlarining filiallari tashkil etilgan boʻlib, ulardan 12 tasi 2018—2021 yillarda ochilgan. Mazkur filiallarda mamlakatning 6 ming nafardan ortiq talabasi tahsil olmoqda.
Yangiliklar lentasi
0