https://oz.sputniknews.uz/20220102/afgonistonda-giyohvandlarning-rekord-soni-qayd-etildi-22056604.html
Afgʻonistonda giyohvandlarning rekord soni qayd etildi
Afgʻonistonda giyohvandlarning rekord soni qayd etildi
Afgʻonistonda har kuni aholining oʻn foizi giyohvand moddalarini isteʼmol qiladi. Toliblar* vakili har bir bunday narkomanlar kuniga 3 dollarlik narkotik isteʼmol qilishiga aniqlik kiritgan.
2022-01-02T15:14+0500
2022-01-02T15:14+0500
2022-01-02T15:14+0500
dunyoda
afgʻoniston
giyohvand moddalar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/03/19075194_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_e06bdda4c9ef1ae6ec62ff5b902c9c81.jpg
TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Afgʻonistonda har kuni aholining oʻn foizi giyohvand moddalarini isteʼmol qiladi. Bu haqda muvaffaq hukumatning sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Abdul Bari Umar maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Tolo News telekanali.Taʼkidlanishicha, Afgʻonistonning 39 million aholisidan 3,5 millioni har kuni giyohvand moddalarini isteʼmol qiluvchi giyohvandlardir.Toliblar* vakili har bir bunday narkomanlar kuniga 3 dollarlik narkotik isteʼmol qilishiga aniqlik kiritgan.BMT maʼlumotiga koʻra, 2020 yilda dunyoda ishlab chiqarilgan koʻknor (opium)ning 85 foizi Afgʻoniston hissasiga toʻgʻri kelgan. 2020 yilda koʻknor yetishtirishga moʻljallangan yerlar maydoni 2019 yilga qaraganda 37 foizga koʻpaygan.2020 yilda u yerda giyohvand moddalariga ruju qoʻyganlarga soni 2,4 million kishi atrofida boʻlgan.Eslatib oʻtamiz, “Tolibon”* harakati 1996-2001 yillarda hukumat teppasida boʻlgan davrda hukumat giyohvand moddalarini ishlab chiqarish va kontrabandasining 96 foizdan koʻprogʻini nazorat qilgan. Boz ustiga mamlakatda giyohvand moddalariga qarshi kurashish oliy komissiyasi faoliyat yuritgan.Surxondaryoda chegarani noqonuniy kesib oʻtgan afgʻonistonlik ogʻufurush qoʻlga olindiEkspertlar yuzaga kelgan shart-sharoitlarda narkotiklarning qoʻshni mamlakatlarga kirib borishi ular uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishidan xavotir bildirishmoqda.Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishiAvgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"** aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.Toliblar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/03/19075194_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_0aa6c60242a40d3f8508e6b0b244ee7f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
afgʻoniston giyohvandlar narkotik
afgʻoniston giyohvandlar narkotik
Afgʻonistonda giyohvandlarning rekord soni qayd etildi
Maʼlumotlarga koʻra, har bir oʻninchi afgʻon giyohvand moddalarini isteʼmol qiladi.
TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Afgʻonistonda har kuni aholining oʻn foizi giyohvand moddalarini isteʼmol qiladi. Bu haqda muvaffaq hukumatning sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Abdul Bari Umar maʼlum qildi, deb
xabar bermoqda Tolo News telekanali.
Taʼkidlanishicha, Afgʻonistonning 39 million aholisidan 3,5 millioni har kuni giyohvand moddalarini isteʼmol qiluvchi giyohvandlardir.
Toliblar* vakili har bir bunday narkomanlar kuniga 3 dollarlik narkotik isteʼmol qilishiga aniqlik kiritgan.
BMT maʼlumotiga koʻra, 2020 yilda dunyoda ishlab chiqarilgan koʻknor (opium)ning 85 foizi Afgʻoniston hissasiga toʻgʻri kelgan. 2020 yilda koʻknor yetishtirishga moʻljallangan yerlar maydoni 2019 yilga qaraganda 37 foizga koʻpaygan.
2020 yilda u yerda giyohvand moddalariga ruju qoʻyganlarga soni 2,4 million kishi atrofida boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, “Tolibon”* harakati 1996-2001 yillarda hukumat teppasida boʻlgan davrda hukumat giyohvand moddalarini ishlab chiqarish va kontrabandasining 96 foizdan koʻprogʻini nazorat qilgan. Boz ustiga mamlakatda giyohvand moddalariga qarshi kurashish oliy komissiyasi faoliyat yuritgan.
Ekspertlar yuzaga kelgan shart-sharoitlarda narkotiklarning qoʻshni mamlakatlarga kirib borishi ular uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishidan xavotir bildirishmoqda.
Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi
Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"** aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga
bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Toliblar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi
maʼlum boʻldi.*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.