Toshkentda o‘t o‘chirish moslamasini portlatganlarga qarshi jinoiy ish ochildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovOgnetushitel, arxivnoe foto
Ognetushitel, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2022
Obuna bo‘lish
Poytaxtda bir necha kishi Yangi yilni nishonlash maqsadida portlaggan qo‘lbola “ognetushitel” oqibatida ikki kishi jarohat oldi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Toshkent shahrida Yangi yilni nishonlash vaqtida o‘t o‘chirish moslamasini (ognetushitel) portlatib yuborganlarga qarshi jinoiy ish ochildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa 1-yanvar tungi soat 00:45 larda Shayxontohur tumani “Qoratosh” ko‘chasi avtoqatnov yo‘lida ro‘y bergan. Bir necha kishi bayramni nishonlash maqsadida yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa qo‘lbola o‘t o‘chirish moslamasini joylashtirishgan. Keyin tagidan olov yoqib, portlatib yuborishgan.
Buning oqibatida 23 yoshli M.A. va 15 yoshli X.N. turli ko‘rinishdagi jarohat olgan. Xususan, oyoq panjalari, tovonlari yirtilgan va majaqlangan.
Holat yuzasidan I.A., U.M., A.L., Z.X.larga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 250-moddasi (“Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0