https://oz.sputniknews.uz/20220101/qimmatbaho-navli-daraxtlarning-kesilishiga-moratoriy-muddatsiz-davrga-uzaytirildi-22044886.html
Qimmatbaho navli daraxtlar kesilishiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi
Qimmatbaho navli daraxtlar kesilishiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho navli daraxt va butalar kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni qabul qilindi.
2022-01-01T12:57+0500
2022-01-01T12:57+0500
2022-01-01T13:13+0500
jamiyat
daraxt kesilishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/01/22044790_0:142:1921:1222_1920x0_80_0_0_0ee30d2e22b05a4300b47687708ff9c0.jpg
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho navli daraxt va butalar kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni qabul qilindi.Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda huquqbuzarlarga:Moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi.Bunda darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil mobaynida darajasini (reyting bahosini) ko‘tarish imkonidan mahrum bo‘ladi.Darajasini (reyting bahosini) bir pog‘onaga pasaytirish imkoni bo‘lmagan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil muddatga qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingidan to‘liq chiqarib tashlanadi.Yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning ko‘kalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydiDavlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ko‘rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.Mavzuga oid:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/01/22044790_50:0:1869:1364_1920x0_80_0_0_36b18d3263c9804b88914bce448b7b5b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
daraxt kesilishi moratoriy
daraxt kesilishi moratoriy
Qimmatbaho navli daraxtlar kesilishiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi
12:57 01.01.2022 (yangilandi: 13:13 01.01.2022) Moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori besh baravarga oshirildi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho navli daraxt va butalar kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni
qabul qilindi. Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda huquqbuzarlarga:
moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori besh baravarga;
daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi;
Moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi.
Bunda darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil mobaynida darajasini (reyting bahosini) ko‘tarish imkonidan mahrum bo‘ladi.
Darajasini (reyting bahosini) bir pog‘onaga pasaytirish imkoni bo‘lmagan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil muddatga qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingidan to‘liq chiqarib tashlanadi.
Yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning ko‘kalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ko‘rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Toshkent “yashil shahar”ga aylantiriladi –
qanday vazifalar belgilandi