JSST kompyuter o‘yinlariga ruju qo‘yishni kasallik deb tan oldi

© Depositphotos.com / RazmarinkaMalchik igrayet v kompyuternie igri
Malchik igrayet v kompyuternie igri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2022
Obuna bo‘lish
Kasallik xulq-atvorning addiktiv buzilishi (ruju qo‘yish) deb tasniflanadi
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2022-yil 1-yanvardan kompyuter o‘yinlariga haddan ortiq ruju qo‘yishni kasallik deb tan oldi. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilindi.
Kompyuter o‘yinlariga ruju qo‘yish tashkilot 10-yil davomida ishlab chiqqan Xalqaro kasalliklar tasnifiga (XKT-11) kiritilgan. Kasallik xulq-atvorning addiktiv buzilishi (ruju qo‘yish) deb tasniflanadi.
Bir necha yil ilgari JSST video o‘yinlarni alohida kasallik deb ajratgan edi, biroq hozircha unga tashxis qo‘yish va davolashning hamma tan olgan tizimi yo‘q.
Xitoyda voyaga yetmaganlar uchun onlayn o‘yinlarga keskin choralar joriy etildi
Mutaxassislar kompyuter o‘yinlariga haddan ziyod berilish nafaqat tobelik, balki bola sog‘lig‘i uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishini ta’kidlashmoqda. Bunday bolalarda ko‘rish qobiliyati susayishi, umurtqaning qiyshayishi, uyqusizlik kuzatilishi mumkin.
Kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketgan bolalarning o‘qishdagi o‘zlashtirishi yomonlashishi, serzardalik va tajovuzkorlik kuzatilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0