UzAuto Ozarbayjonda avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘ydi - video

© UzAuto MotorsV Azerbaydjane zapustili sborku avtomobiley Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker i Malibu
V Azerbaydjane zapustili sborku avtomobiley Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker i Malibu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2021
Obuna bo‘lish
UzAuto Ozarbayjonda Damas, Labo, Lacetti Tracket va Malibu modellarini avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘ydi.
TOShKENT, 30-dekabr – Sputnik. Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan "Hajigabul" sanoat kvartali 28-dekabr kuni “UzAuto Motors”ning ishlab chiqarish liniyasi ikkinchi bosqichiga o‘tdi. Endi korxonada – Damas, Labo, Lacetti Tracket va Malibu avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qilmoqda
© UzAuto MotorsV Azerbaydjane zapustili sborku avtomobiley Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker i Malibu
V Azerbaydjane zapustili sborku avtomobiley Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker i Malibu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2021
V Azerbaydjane zapustili sborku avtomobiley Chevrolet Damas, Labo, Lacetti, Tracker i Malibu
Ishlab chiqarish “Azermash SP” MChJ zavodi quvvatlarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda joriy yilning sentabr oyidan buyon Nexia va Cobalt avtomobillari ishlab chiqarilayotgan edi. Barcha mahsulotlar General Motors tomonidan o‘rnatilgan standartlarga muvofiq ishlab chiqariladi.
Korxona 2022-yil oxiriga kelib, yiliga kamida 5000 ta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga erishish rejalashtirilgan. Loyiha tomonlar o‘rtasida 2021-yil 21-iyulda imzolangan kelishuv tufayli amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, “UzAuto Motors” Qozog‘istonda ham avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Xususan Kostanay shahrida joylashgan "SariarkaAvtoProm" korxonasida ham Nexia, Cobalt, Tracker, Malibu, Damas, Labo va TrailBlazer avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Yangiliklar lentasi
0