O‘zgidromet bayram kunlarida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavnaya Yelka Uzbekistana 2021 god
Glavnaya Yelka Uzbekistana 2021 god - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2021
Obuna bo‘lish
1-3 yanvar kunlari respublikaning ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi.
TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Yakunlanayotgan 2021-yilning so‘nggi kunlarida O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qiladi O‘zgidromet.
Kechalari havo harorati +0..+5 daraja iliq, kunduz kunlari esa +10...+15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Yangi yilning dastlabki kunlari, 1-3 yanvar kunlari respublikaning ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Yangi yil kuni qor yog‘adimi
4 yanvar kuni mamlakat hududining aksariyat qismida yomg‘ir yog‘adi. Kechalari havo harorati +2...+7 daraja iliq, kunduz kunlari 1-3 yanvarda +10...+15 daraja iliq, 4-yanvarda esa +5...+10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shu kunlari faqat respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi. 4-yanvarda ba’zi joylarda kuchli qor yog‘ishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0