O‘zbekiston janubida qadimiy davrlarga oid yodgorlik topildi – foto
Obuna bo‘lish
Sherobod tumanidagi Ko‘xitang tog‘ida o‘rta paleolit davriga oid yangi yodgorlikni aniqlandi.
TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida arxeologik tadqiqotlar olib borilganda paleolit davriga oid yodgorlik topildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati.
Sherobod tumanidagi Ko‘hitangtog‘ tog‘ tizmasi hududida 25-noyabrdan 5-dekabrgacha Milliy arxeologiya markazi xodimlari dala tadqiqotlari o‘tkazilgan
Ta’kidlanishicha, Ko‘hitang tog‘ining ichki qismida tor daralar mavjud bo‘lib, ularda geologik jarayonlar natijasida ko‘plab g‘or va ungurlar shakllangan. Ularning biridan qadimgi davrda ibtidoiy odam ajdodlari mavsumiy boshpana sifatida foydalangan.
Dastlabki kuzatuvlar natijasida yodgorlik yer sathidan ko‘plab tosh uzaklar, ularning parchalari, uchrindi va plastinalar hamda qurollar yig‘ib olingan.
Yodgorlik madaniy qatlamlari holatini aniqlashtirish uchun 1x2 metr hajmida shurf qazilgan. Qazuv ishlari yer sathidan yarim metr chuqurlikda qoyatosh yotqiziqlarida to‘xtatilgan. Qazuv ishlari natijasida yodgorlik bitta madaniy qatlamdan iborat ekani aniqlangan.
Madaniy qatlam kul va kuyindi qoldiqlari bilan qoplangan qoramtir, mayda tarqoq tuproqdan tarkib topgan bo‘lib, unda ham ko‘plab tosh buyumlar va yovvoyi hayvon suyak qoldiqlari topilgan.
Ushbu yodgorlik hududda ilgari topib o‘rganilgan Teshiktosh yodgorligiga xronologik va madaniy jihatdan o‘xshashligi ma’lum bo‘lgan. Yodgorlikdan topilgan tosh buyumlar o‘rta paleolit davriga tegishli bo‘lib, toshga ishlov berish texnikasi va tosh buyumlar madaniy jihatdan aynan Teshiktosh yodgorligi an’analarini takrorlashi aniqlangan.
Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari mazkur yodgorlikda tadqiqot ishlarini davom ettirishni rejalashtirmoqda.
© Akademiya nauk Respubliki UzbekistanKamennie fragmenti iz istoricheskogo pamatnika vremen srednego paleolita v Surxandarinskoy oblasti
1/4
© Akademiya nauk Respubliki Uzbekistan
Kamennie fragmenti iz istoricheskogo pamatnika vremen srednego paleolita v Surxandarinskoy oblasti
© Akademiya nauk Respubliki UzbekistanKamennie fragmenti iz istoricheskogo pamatnika vremen srednego paleolita v Surxandarinskoy oblasti
2/4

3/4

4/4
© Akademiya nauk Respubliki Uzbekistan
Kamennie fragmenti iz istoricheskogo pamatnika vremen srednego paleolita v Surxandarinskoy oblasti