Nukusda muz o‘rtasida qolib ketgan ikki bola qutqarib olindi – video

© Sputnik / Vladimir Smirnov / Mediabankka o‘tishOzero Baykal
Ozero Baykal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2021
Obuna bo‘lish
Bolalar ko‘l o‘rtasidagi muz ustida o‘ynayotgan vaqtida muz yorilib, ular suvga tushib ketishgan.
TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida muz o‘rtasida qolib ketgan ikki bola qutqarib olindi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 29-dekabr kuni soat 16:45 da Qosko‘l ko‘li o‘rtasida ikki voyaga yetmagan bola qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar ularni qutqarish uchun voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bolalar ko‘l o‘rtasidagi muz ustida o‘ynayotgan vaqtida muz yorilib, ular suvga tushib ketishgan. Sovuq suvda o‘zlarini yo‘qotmagan bolakaylar muzlagan suvdan chiqib olib, ko‘l o‘rtasidagi orolchada qolib ketishgan. Muz yorilganligi tufayli bolalarning ortga qaytish imkoni bo‘lmagan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida orolchada qolib ketgan bolalar qirg‘oqqa olib o‘tilib, voqea joyida ularga birinchi tibbiy yordam berilgan. Keyin malakali yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Hozir ularning ahvoli yaxshi, ular ota-onasi bag‘rida.
Yangiliklar lentasi
0