Niqob taqish bekor bo‘lganini aytgan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda

© Pixabay / Meditsinskiy gradusnik i zashitnaya maska, arxivnoe foto
Meditsinskiy gradusnik i zashitnaya maska, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2021
Obuna bo‘lish
Ohangaronda to‘xtatilgan mashinada yo‘lovchisi YPX xodimi tibbiy niqob taqmaganligiga e’tiroz bildirgan. Xodim esa unga tibbiy niqob taqish bekor qilinganligini aytgan.
TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Niqob taqish bekor bo‘lganini aytgan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi mamlakatda 1-noyabrdan tibbiy niqob taqish bekor qilinganini aytgan video tarqalgan edi.
YHXBB xabariga ko‘ra, voqea 30-dekabr kuni soat 10:30 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lida ro‘y bergan. YPX xodimi I.Husanov “Lacetti” haydovchisini to‘xtatgan.
O‘zaro muloqot jarayonida mashinadagi yo‘lovchi YPX xodimi niqob taqmaganligiga e’tiroz bildirgan. Xodim esa tibbiy niqob taqish bekor qilinganligini ta’kidlab, fuqaroga noto‘g‘ri ma’lumot bergan.
Xabarda respublika maxsus komissiyasi tomonidan tibbiy niqobni taqib yurish majburiy emasligi bo‘yicha hech qanday qaror e’lon qilinmagani urg‘ulangan.
Hozirda YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurish o‘tgan yilning mart oyidan boshlab taqiqlangan edi. Niqobsiz yurganlar 1,25 mln so‘m miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0