Narzullo Oblomurodov nomzodi Ekologiya qo‘mitasi raisligiga ma’qullandi

© Foto: Zakonodatelnoy palati UzbekistanaNarzullo Oblomurodov
Narzullo Oblomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2021
Obuna bo‘lish
Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimi 4 oydan buyon vakant edi. Sobiq rais Alisher Maqsudov avgust oyida prezident tanqididan so‘ng ishdan olingandi.
TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Narzullo Oblomuradov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Deputatlar 30-dekabrda bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda uning nomzodini Ekologiya qo‘mitasi raisligiga ko‘rib chiqib ma’qullashgan.
Oblomurodov shu yil fevralidan buyon O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
U oktabrdagi prezident saylovida ushbu partiyaning nomzodi sifatida ishtirok etib, saylovchilarning 4,1 foiz ovozini olgan edi.
Ekoqo‘mitaning sobiq rahbari Alisher Maqsudov avgust oyida prezident tanqididan so‘ng lavozimidan ozod etilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0